Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda «Tutqunlik» filmini tasvirga olish jarayonlariga start berildi
«O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Buxoriylar» studiyasi tomonidan «Tutqunlik» dramasining tasvirga olish ishlariga start berildi.
«O‘zbekkino» Milliy agentligi axborot xizmatiga ko‘ra, mazkur film Suriyadan ayollar va bolalarni olib kelish bo‘yicha 2019-2020 yillarda o‘tkazilgan «Mehr» operatsiyasiga bag‘ishlanadi.

Kinokartinada asosan, turli vaziyatlar bilan Suriyaga borib qolgan insonlar, oilalar taqdiriga urg‘u beriladi. Yaqin Sharqqa ish izlab borgan yosh feldsher yigit, erining orqasidan borishga majbur bo‘lgan va uni yo‘qotib qo‘ygan ayol, ota-onasi Suriyaga olib ketgan 11 yoshli o‘spirin yigitcha kabi qahramonlar taqdiri haqida hikoya qilinadi.

Filmga Rashid Malikov rejissyorlik qilmoqda. Ssenariy muallifi esa Azamat Qorjovov.
Mavzuga oid
11:51 / 16.01.2026
Buxoroda reyd: noqonuniy ov va ilon bilan “sirk” tomoshasi aniqlandi
23:12 / 14.01.2026
Xivadagi Kongress markazi va Farg‘onadagi ekspomarkaz loyihasi prezidentga taqdim etildi
12:05 / 10.01.2026
Buxoroda bir guruh voyaga yetmaganlar ishtirokidagi janjal holati o‘rganilmoqda
14:48 / 08.01.2026