Sayt tahririyatiga Baxmal tumanida bir guruh fermerlarning yeri noqonuniy olib qöyilayotgani haqida xabar keldi. Ular öz yerini obod qiliş uçun bir neça yuz millionlab xarajat qilişgan. Ammo bu bilan heç kimning işi bölmayotgani haqida ma'lum qilişdi.
Kun.uz muxbirlari holatni örganiş maqsadida Jizzax viloyatining Baxmal tumanida bölişdi. Vaziyatni rasmiy idoralarda tuşuntirişdan köra, fermerlar dehqonçiligi, mehnatlari mahsulini körişimiz maqsadida dalaga boşlaşdi.
Oçiğini aytiş kerak, sönggi yillarda fermer xöjaliklarni tartibga oliş, optimallaştiriş maqsadida kimdandir yer olindi, kimgadir qöşildi. Harqalay, bu islohot bilan endi xato qilmaslik, yana qaysidir fermerning «burnini qonatiş»ga yöl qöymaslik maqsad qilindi. Şuning barobarida, yer öz egasini topsin, deyildi.
Endi bir misol. «Şahboz-Javohir» fermer xöjaligining faoliyati 2019 yilning yozida qayta körib çiqilgan. Baxmal tumani hokimi Musa Anorboyevning qarori bilan xöjalikka qöşimça yer ajratilgan. E'tibor qiling, bu masala xalq deputatlari tuman kengaşining sessiyasida muhokama ham etilgan. Uzoq muddatga fermer foydalanişi közda tutilgan.
Buni qarangki, hokimlik belgilab bergan öşa «uzoq muddat» atigi bir yil ekan!
«Şahboz-Javohir» fermer xöjaligi iş boşqaruvçisi Abdumutal Qarşiyevning aytişiça, bu yerlar xöjalikka topşirilayotgan vaqtda yantoqzor bölgan. Suvli yer, deb hisoblangani bilan bu hududlarga ariq suvi yetib kelişi ham oson emas. Şu sababli aksariyat xöjaliklar özi uçun elektr energiyasi tortib kelgan va artezian quduqlari orqali ekinini suğoradi. Abdumutal aka yer olib qöyilayotgani sababli uç-tört yil davomida qilingan sarf-xarajatga kuyib qolayotgani haqida gapirdi.
«Işlamayotgan, şartnoma rejasini bajarmayotgan bölsak ham mayli edi. Kerak bölsa, har yili qöşimça pilla ham topşiramiz. Ikki-uç kun avval kimningdir topşiriği bilan artezian quduqlar uçun tortib kelingan elektr energiyasini uzib ketişdi. Natijada, ekinlarimiz qurib-qaqşab qolyapti», deydi iş boşqaruvçi.
Mavzuga oid
«Nigora Toğayeva» fermer xöjaligida ham ahvol şu. Xöjalik raisi Şerqul Safarovning aytişiça, u uç yil avval faoliyatini boşlagan.
«Yigirma yillar davomida bu joylarga birov e'tibor qilmagan, taşlandiq yerlar edi. Tumanimizning avvalgi hokimi aksariyatimizga ikki gektardan suvli yer berib, qolganiga lalmi, yaylov yerlarni obod qiliş, artizian qazib, boğdorçilik qilişimiz şartini qöygandi. Şunga işonib tok ekdik, boğ qildik, yerni uvol qilmaslik uçun boğ orasini ham bekor qöymadik. Endi tayyor bölay, degan ekinlarimiz, boğlarimizni buzib taşlamoqçi bölişyapti», deydi u.
Tabiiy savol tuğiladi: xöş, hokimlik nega fermerlarning yerini qaytarib olmoqçi?
Fermerlarga hokimlik vakillarining ma'lum qilişiça, bu hududlarda za'faron ösimligi ekilişi rejalaştirilayotgan ekan.
«Ön bir gektar yerda boğdorçilik qilib, nihol oralariga ham ekin ekib kelyapmiz. Jami 3200 tup boğimiz hosilga kirdi. Menga bu yerlar klasterga beriladi deyişgaç, boğimni körsatdim. Mayli, mehnatim, qilgan xarajatlarimni baholatamiz, tölab berasizlar, dedim. «Yöq, kerak bölsa özingiz buzib, tozalab berasiz», deyişdi. Klaster vakillari ham kelib «hokimlik nega bizga hosildor yerlarni beryapti», deb hayron. Ularga ham şu taklifimni berdim, buzişsin, tovonini tölab berişsin. Klasterdagilar bunga kelişilmaganini aytib, kerak bölsa hokimlikka borib yeringizni dasturdan çiqarib oling, deyişdi. Xullas, bizni na hokimlik, na fermerlar kengaşi himoya qilyapti», deydi «Jörabek Doston dalasi» fermer xöjaligi iş boşqaruvçisi Jörabek Pölatov.
Vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida Baxmal tumani hokimligida böldik. Tuman hokimi Musa Anorboyev yiğilişda bölgani sababli qisqa izoh berdi. U kişi hammasi qonun doirasida ketayotgani va hokimlikning tegişli vakillari ma'lumot berişini ma'lum qildi.
Uşbu masala yuzasidan tuman investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va kiçik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari Dilşod Umarovma'lumot beradigan böldi.
«Joriy yilning mart oyida Italiyadan delegatsiya keldi. Öşa uçraşuvda bir qator vazirliklar, viloyat, tuman hokimi iştirokida uşbu loyiha tasdiqlandi. Ya'ni, biz Italiyaning «Opera SRL» kompaniyasi bilan hamkorlikda 27 million AQŞ dollarlik loyiha asosida 400 gektar yerda za'faron ösimligi yetiştirmoqçimiz. Investorlarga ikki-uçta joyni körsatdik, ularga aynan «Tongotar» qişloq fuqarolar yiğini hududidagi öşa joylar ma'qul keldi. Uşbu loyiha xalq deputatlari tuman kengaşi sessiyasida körib çiqildi va ma'qullandi. Şundan söng «BMB Opera Zafferano» qöşma korxonasini taşkil qildik va hozirgi vaqtda işlar boşlanib ketgan. Şu kunlarda italiyalik mutaxassislar kelişi kutilyapti», — deydi hokim örinbosari.
D.Umarov loyiha amalga oşgaç, 200ta doimiy iş örni, 3500ta mavsumiy iş örni yaratilişini ma'lum qildi. Hozirgi kunda qöşma korxonaga olib berilayotgan uşbu hududda 38ta fermer xöjaligi faoliyat körsatib kelgan. Hokim örinbosari fermer xöjaliklari köradigan zarar «BMB Opera Zafferano» qöşma korxonasi tomonidan tölab berilişini aytib ötdi.
Tuman hokimligi vakili fermerlardan yerning olib qöyilişiga yagona asos sifatida XALQ DePUTATLARI TUMAN KeNGAŞINING QARORIni ilova qildi. Bundan taşqari, tuman hokimi tasdiqlagan bayonnoma ham bor, ammo u aynan hokimlikning «kayfiyati» bilan tayyorlanadigan hujjat hisoblanadi. Fermerlar kengaşining xulosasi bor deyilgan bölsa-da, bu hujjat bizga taqdim etilmadi. Vaholanki, öşa xulosa haqiqatda bölgan taqdirda ham unda fermerning yoni olinmagan bölişi tabiiy! (Bu kengaş fermerlarga yordam beriş uçun tuzilganmidi özi, degan ritorik savol tuğiladi).
Boz ustiga, D.Umarov gap orasida «qonunlarimiz xorijiy investorlarning haq-huquqlarini mustahkam himoya qilişi»ni eslatib ötdi. Nima, qonunlarimiz mahalliy fermerlarning haq-huquqlarini toptaş uçun yaratilganmi unda? Qonun barçaga barobar işlaşi kerak emasmi?
Murojaatni örganib qaytganimizdan söng «BMB Trade Group» kompaniyasining («BMB Opera Zafferano» qöşma korxonasi ham şuning negizida taşkil qilingan) boş direktorining OAV va jamoatçilik bilan aloqalar böyiça maslahatçisi Bahodir Kamilov biz bilan boğlandi. U kişi OAVda yoritadigan ma'lumotingiz xolis bölişi uçun biz bilan hamkorlik qilişingiz söraladi, deganidan söng atigi bitta savol berdik: Baxmal tuman hokimligi aytayotganidek, fermer xöjaliklari köradigan zararni qoplab beriş kompaniyaning rejasida bormi?
10 iyul kuni jönatgan sörovimizga bir oğiz «ha» yoki «yöq» deyilişini kutyapmiz, ammo javob berilmadi.
Qöyilgan muayyan savolga javob beriş örniga, B.Kamilov Baxmal tumanida Italiya bilan 25 mln yevroga teng bölgan qöşma investitsiyaviy loyiha amalga oşirilayotgani, mazkur loyiha Özbekiston va Italiya xukumatlararo komissiyasining ikki davlat örtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturida alohida örin olgani va şu yil davlat rahbarining Italiyaga taşrifi kun tartibiga qöyilganini ta'kidladi.
B.Kamilovning alohida ta'kidlaşiça, mazkur loyiha kompaniya manfaatlari bilan çeklanib qolmay, respublikamizning xalqaro maydondagi siyosiy imijini kötarişga ham xizmat qilar ekan, şu tufayli u bilan boğliq vaziyatni yoritişda barça oqibatlari uçun mas'ulligimizni unutmasligimiz kerak ekan.
Iye, bu qanaqasi? Fermerlar qilgan xarajatiga kuyib qolyapti. Körinib turibdiki, tuman kengaşi qarorida qayd etilganiga qaramasdan, italiyaliklar bilan gapni bir joyga qöygan mahalliy hamkorlar fermerlarning zararini qoplab bermoqçi emas. «Mol aççiği — jon aççiği», deganlaridek, baxmallik fermerlar öta ğazabda.
Xöş, Özbekistonning xalqaro maydondagi siyosiy imijni kim pasaytirayotgan böladi şunda? Birovning zahmat çekib oçgan yeriga heç qanday tovon pullarisiz kirib kelayotgan italiyaliklarmi, mehnatiga joni açiyotgan fermerlarmi? Umuman, öşa Italiyadagi hamkorlarning masala mana şunday tus olayotganidan xabari bormikan?
Murojaatçi fermerlarning qönğiroği tingani yöq. Eşitdikki, Jizzaxda boğlarni buziş, fermerlarga turli mahalliy taşkilotlar orqali bosim ötkaziş tinmayapti. Aksinça yanada kuçayib borayotgani haqida xabarlar kelib turibdi. Videolar taşlab berilyapti...
Biz murojaatni örganiş çoğimizda Baxmal tumanida qöşma korxonaga yeri olib berilayotgan yana sakkizta fermer xöjaligi haqida ma'lumot keldi.
Juda oğir savol paydo bölmoqda: Xalq deputatlari tuman kengaşlarining sessiyasida masalalarning qanday muhokama etilişidan yaxşi xabardormiz. Nega atigi bir yil avval boşqa qöşiq, endi boşqa qöşiq aytilyapti? Uzoqni öylab qilinayotgan islohot qani? 30 nafar xalq vakili – deputatlarning qöl kötarişi fuqaroning foydasiga xizmat qilmas ekan, unda zarari ham tegmasin!
Kun.uz tegişli taşkilotlardan mazkur vaziyatga xolis munosabat kutadi.