Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
QQSning nol stavkasi qo‘llanadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati kengaydi
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining nol stavkasi qo‘llanadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 131 taga ko‘payib, 477 taga yetdi. Ro‘yxatdan meva-sabzavotlar, poliz mahsulotlari, donli va boshoqli ekinlar, ziravorlar, chorva mollari va parrandalar, go‘sht, sut, sut mahsulotlari, tuxum va asal kabilar o‘rin olgan.
QQSning nol stavkasi qo‘llanadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati to‘ldirildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
O‘zbekiston prezidentining sentabr oyidagi farmoniga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan (paxta va g‘alladan tashqari) mahsulotlarni realizatsiya qilishda QQSning nol stavkasi qo‘llanadi.
Farmonga muvofiq, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Soliq qo‘mitasi QQSning nol stavkasi tatbiq etiladigan mahsulotlar ro‘yxatini tasdiqladi.
Ro‘yxatdagi mahsulotlar 131 taga ko‘payib, 477 taga yetgan. Ular orasida donli va boshoqli ekinlar, ziravorlar, meva va sabzavotlar, poliz mahsulotlari, tirik chorva hayvonlari va parrandalar, ko‘chatlar va urug‘lar, gullar va ipak, shuningdek, go‘sht, sut, sariyog‘, qaymoq, qatiq, tvorog, suzma, smetana, brinza, tuxum va asal kabi mahsulotlar bor.
Mahalliy hokimliklar Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Soliq qo‘mitasi bilan kelishgan holda ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi mumkin.
Mavzuga oid
11:30 / 25.06.2026
Quva tumani hokimi ham fermerni haqoratlagani aytilmoqda
17:20 / 23.06.2026
Fermerlarni haqoratlagan Muzrabot hokimi hayfsan oldi
11:46 / 19.06.2026
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
18:05 / 16.06.2026