Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan davlat tadbiri Samarqand sayyohlik markazida o‘tkaziladi
1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan davlat tadbirining asosiy qismi 29 sentabr kuni Samarqand shahridagi «Ipak yo‘li» xalqaro sayyohlik markazida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati Kun.uz'ga ma’lum qildi.
Tadbirda Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi ta’lim maskanlarida faoliyat yuritayotgan 700 nafar ustoz va murabbiylar ishtirok etadi.
O‘qituvchilar uchun ikki kun davomida «Boqiy shahar» majmuasiga hamda Samarqand shahrining boshqa diqqatga sazovor joylariga sayohat tashkil etiladi. O‘qituvchilar respublikaning barcha hududlaridan samolyot, poyezd va avtobusda Samarqandga borib-kelishi ta’minlanadi.
Ma’lumot uchun, «Ipak yo‘li» xalqaro sayyohlik markazi 15-16 sentabr kunlari ShHT Samarqand sammitiga mezbonlik qilgan, bu markaz qabul qilgan ilk yirik tadbir bo‘lgandi. Ayni damda Samarqandda O‘zbekiston ustoz va murabbiylari sharafiga o‘tkaziladigan tantanali tadbirga tayyorgarlik jarayoni kechmoqda.
Mavzuga oid
13:40 / 09.01.2026
Samarqandda 15 yoshli bola uylangani haqidagi video yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
13:08 / 09.12.2025
Otasini ta’minlashdan bo‘yin tovlagan o‘g‘il 15 sutkaga qamaldi
17:31 / 04.12.2025
Past Darg‘omda cho‘chqaxona egalari havoni ifloslab kelgani aniqlandi
17:53 / 25.11.2025