Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijga ishlash uchun ketgan va ishini yo‘qotgan O‘zbekiston fuqarolariga ish bilan ta'minlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatiladi
Xorijga ishlash uchun ketgan va ishini yo‘qotgan O‘zbekiston fuqarolariga ish bilan ta'minlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatiladi. Bu haqda 2020-2021 yillarda iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da aytilgan.
Qayd etilishicha, tahliliy-axborot va chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Unda koronavirus pandemiyasi davrida chet elda ishini yo‘qotgan fuqarolarning ish bilan ta'minlash va daromadlarini oshirish nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2020 yil davomida, ijro uchun mas'ullar - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar. Moliyalashtirish manbasi - 20,0 mlrd so‘m (chet ellarda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari).
Bundan oldin, O‘zbekiston aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha milliy strategiya ishlab chiqmoqchi ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
20:13 / 19.05.2026
Dunyo yangi global pandemiya ostonasida turibdi – JSST va GPMB
18:48 / 16.05.2026