O‘zbekiston | 11:25 / 07.07.2020
25625
10 daqiqa o‘qiladi

«Statistika yomonlashsa ham, barcha jinoyatlarni qayd etish kerak» – Doniyor Toshxo‘jayev Farg‘onadagi ishlash uslublari haqida

Shu yilning 22 yanvaridan Farg‘ona viloyat IIBga Doniyor Toshxo‘jayev boshliq etib tayinlangandi. Poytaxtdagi jurnalistlar uni matbuot anjumanlaridan juda yaxshi tanishadi. Unga istalgan savolni berish va to‘g‘ridan to‘g‘ri javob olish mumkin edi, deb yozadi u bilan Farg‘onada intervyu uyushtirgan Insider.uz Telegram kanali.

Foto: t.me/insider_uz

Ish yuklamasi ko‘pligi, vaqti tig‘izligiga qaramasdan Doniyor Baxtiyorovich biz bilan uchrashish uchun fursat ajratdi. Albatta, bir muddat kutib qoldik, rahbarning hayoti shunaqa, bir uchrashuvga bora turib, yo‘l-yo‘lakay boshqalariga ham duch keladi.

— Sizning Farg‘onaga tayinlanganingiz xuddi surgunga o‘xshagan edi. Nima bo‘lgandi?

— Yo‘q, bu surgun emas, — kulib javob berdi Doniyor Baxtiyorovich. — Kadrlar rotatsiyasi. Meni qayerga jo‘natishmasin, oddiy tergovchi sifatida bo‘lsa ham ishlab beraman. Farg‘onaga kelganimda bu naqadar zamonaviy shahar ekanligini ko‘rganimdan so‘ng taajjublangan va quvongan edim. Odamlari ham o‘qimishli, aqlli, ishchan, xushmuomala, hattoki bolalarini ham «siz»lashar ekan. Men bu shaharga bolalagimda otam bilan kelgan edim, endi o‘zim uchun Farg‘onani qaytadan kashf etdim. Biz bu yerga Toshkentdan ko‘plab g‘oyalarni olib kelganmiz, avgust oyida 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilinganida inson omili nolga teng bo‘lgan, javob berish mobil tarzda, xodimlar real vaqt rejimida qayerdan qo‘ng‘iroq bo‘layotgani-yu, kim o‘sha joyga eng yaqin bo‘lsa yetib boruvchi tizimni taqdim etamiz. Bu haqda uni ishga tushirganimizdan so‘ng batafsil gaplashamiz.

Jinoyatchilik darajasi esa chindan ham oshgan. Yangi boshliq va uning jamoasi eng kichik jinoyat, hattoki mobil telefon o‘g‘irlanishi ham qayd etilishi prinitsipi bilan ish ko‘rishmoqda.

— Kimlardir uchun bu katta ko‘ngilsizlik bo‘ldi. Biz garchi statistika oqsay boshlasa ham har qanday signal qayd etilishiga erishdik. Ammo real manzaraga ega bo‘lamiz. Eng asosiysi — odamlar ularni katta va kichik muammolari e'tiborsiz qolmasligini bilishadi.

Masalan, Oltiariqda vahshiyona voqea ro‘y bergan. Sobiq er sobiq xotiniga mulozamat qilib, SMSlar jo‘natgan, xullas, juvonni bezovta qila boshlagan. Uning allaqachon boshqa turmushidan ikki farzandi bor, lekin ayrim erkaklar ularning xushomadi ayollar e'tiborini jalb qiladi, deb o‘ylashadi. Ayol undan charchab, eriga hammasini aytib beradi. Boyagi yigit izzat-nafsli ekan, madaniyat bilan, tinchgina gaplashib olish uchun boradi. «Agar o‘rtalaringda ilgari qandaydir his-tuyg‘ular bo‘lgan bo‘lsa ham, shu ondan unutaylik, mening oilamni boshqa bezovta qilma», deydi.

Sobiq er tushunmaydi chog‘i, boshidan tosh bilan zarba yeydi va o‘lib qoladi. Oqibatda, biri — o‘tiribdi, ikkinchisini ko‘mib kelishdi. Mana sizga, ko‘rinishidan beg‘araz shilqimlik…

Toshxo‘jayevlar oilasida xotin-qizlar o‘zlari tanlov qilishadi. Masalan, uning ayoli va to‘rt qizi otasi ortidan Farg‘onaga to‘rtinchi kuniyoq kelib olishgan, garchi Toshkentda qolaverishlari ham mumkin edi, lekin shunday qarorga kelishgan. Yana bir «manfaatlar to‘qnashuvi» — polkovnikning to‘ng‘ich qizi tergovchi bo‘lishga qat'iy ahd qilgan, yuridik fakultetga o‘qishga kirgan. Bu tizimda hatto erkak kishi uchun ham yuklama qanchalik ulkan ekanlinigi bilgan otasi qarshi, albatta. Lekin qizi tanlovini qilib bo‘lgan.

— Ko‘ndira olmadingizmi?

— Yo‘q. 

So‘nggi vaqtlarda polkovnik ayollarni biror ishga ko‘ndirishda omadi chopmayapti. U IIB boshlig‘i lavozimini egallagach, uning moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi bo‘shab qoldi. Avvalgisi ko‘tarilib ketdi. O‘nlab nomzodlarning shaxsiy ish jildlarini o‘rganib, moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan yagona ayol nomzodida to‘xtaladi. Bilimli, aqlli, mas'uliyatli va professional. Ulkan tajribasi bor, sobiq rahbarining o‘rnini egallash uchun barcha shartlarga javob beradi.

— Men uning nomzodini tasdiqlab, uning xursand bo‘lishini 99,9 foizga kutgan holda huzurimga chaqirdim. U esa rad etdi. Oilasi birinchi o‘rindaligini aytib, ko‘nmadi. Garchi ortiqcha yuklama, ortiqcha mas'uliyat ham yo‘q edi, faqat imtiyozlar: boshqacha maosh, haydovchisi bor xizmat avtomobili. Yo‘q, u avvalgi ishida qoldi. Haligacha negaligini bilmayman. Balkim bu ayollarga xos donolarcha ish tutish bo‘lgandir.

Ha, chindan ham alamli. Ayollar karerasidan voz kechishi haqida ikkinchi holat, har safar Doniyor Baxtiyorovichga ularni ko‘ndirishga so‘z topilmagan.

— Lekin prezident topshirig‘iga ko‘ra yoshlar bilan uchrashuvlarga borganimizda xursand bo‘ldim. O‘z ishini ochish uchun mablag‘ kerak bo‘lgan faol qizlar juda ko‘p ekan. Biri o‘rta maktabni tugatib, o‘z biznesini ochgan va qo‘lida o‘n sakkiz ayolni ishlatmoqda. Barakalla. Balkim shu biz kutayotgan avlodlar almashinuvidir, boshqa davr, boshqacha xotin-qizlar.

Ular boshqacha bo‘lishlari, erkinroq, kuchliroq va o‘ziga ishongan bo‘lishlari uchun hozirdanoq ishga kirishishlari kerak.

Vodiy viloyatida 198ta himoya orderi berilgan, ularning o‘ntasi avans tariqasida zo‘ravonlikka moyillar uchun ajratilgan.

Ulardan 38tasi ajrashgan juftliklar, qolganlari hozircha birga turmush kechirishmoqda.

47 holat bo‘yicha aloqa butkul taqiqlangan, 4tasiga bir xonada bo‘lish taqiqlangan.

18 kishiga moddiy va ma'naviy zararni qoplash yuklatilgan.

198 kishining barchasi xulqni to‘g‘rilash bo‘yicha dasturni o‘tashi kerak. Bunday dastur qo‘shnilarda ham yo‘q, biz uni Yevropa davlatlaridan olganmiz. Har bir holat o‘ziga xos, faqat namuna bor, unga qarab inspektor har bir inson uchun dasturni shaxsan yozib beradi. «Jahlni jilovlash»ni eslaysizmi?

Respublika bo‘yicha may oyidan iyulgacha 1451ta himoya orderi berilgan. Turli vajlar bo‘yicha — jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik uchun. Orderga rioya etmaslik 194-modda «ichki ishlar organining qonuniy talablarini bajarmaslik» bo‘yicha javobgarlikka tortiladi. Yaqinda bu moddaga yana bir satr qo‘shiladi — himoya orderiga rioya qilmaganlik uchun.

Ayollarni orderdan foydalanishga ko‘ndirishga to‘g‘ri kelmoqda. Bu profilaktika inspektoriga o‘zini bosa olmaydigan fuqarolarni kuzatish imkonini beruvchi rasmiy hujjatdir. U nafaqat erlardan, ayollar — qaynona, qo‘shni, hattoki onalardan himoya qilish uchun ham beriladi.

Umuman aytganda, tizim ishlab ketdi, endi statistikani yig‘ib, uslublarni qayta ishlash qoldi, xolos. O‘zini oqlay olmagan narsalarni olib tashlab, ish beradiganlarini qo‘shib turish kerak.

— G‘aniyev haqida gapirib berasizmi?

— O‘tkir xotiraga ega, ko‘p o‘qigan, bilimli, aqlli, tarixni biladi va nafaqat O‘zbekiston tarixini. Rus tilini juda yaxshi biladi, savodli rahbar, nihoyatda ishchan.

— O‘h-hu… Sizdirilayotgan ovozlardan undayligi bilinmaydi. Ularga ko‘ra, haqoratsiz gaplasha olmaydigan bezoriga o‘xshaydi-ku?

— Bu fikr qanday paydo bo‘lyapti, bilmadim. Hokim bemalol gapirgan chog‘da hech kim uning ovozini telefoniga yozib olmaganidan bo‘lsa kerak. U jahllanib, o‘zidan chiqqan paytdagisi qiziq, Internet uchun material bor. Men o‘zim ko‘rganimni aytayapman. Men ham boshida bu odam bilan ishlash qiyin bo‘ladi, deb o‘ylagandim. Xato qilgan ekanman. Men bu yerga kelganimda bir fakt meni juda hayron qoldirgan — viloyatdagi juda ko‘p insonlarda uning qo‘l telefoni raqami bor, aftidan, odamlar bir-birlariga tarqatib yuborishgan. Odamlar unga to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘ng‘iroq qilishadi, hokim ularni eshitadi, qandaydir muammosini hal qiladi.

— Vodiyni qattiq so‘zsiz boshqarib bo‘lmaydimi?

— Ehtimol, kimlargadir yaxshi gap yetib bormas. Men hech kimga ovozimni balandlatmayman, lekin bu aslo qat'iy oqibatlar bo‘lmasligini bildirmaydi, lekin shundaylar ham borki, birinchi marta aytganingizda darhol ilg‘ab ololmaydi, odamlar har xil. Lekin men har qanday zo‘ravonlik, xoh u jismoniy, xoh so‘z ko‘rinishida bo‘lsin, oqlay olmayman. Affekt holati bo‘lishini e'tibordan qochirmayman, lekin bu keyinchalik xijolat chekishga sabab bo‘lishi mumkin.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid