Farğona viloyati, Danğara tumanida onasini şafqatsizlik bilan öldirgan 29 yoşli erkak sud hukmi öqildi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Qayd etilişiça, hodisa sodir bölgan kuni ona va öğil örtasida pul sabab janjal kelib çiqqan. Tortişuv vaqtida ayblanuvçi qölidagi bolta bilan onasining boşiga bir neça bor urib, oğir tan jarohati yetkazgan.
Ta’kidlanişiça, şundan keyin erkak ayolning boş qismini tanasidan uzib olgan. Söng jasadning tanasini tomorqaning bir çetiga, boşini esa hojatxona orqasiga kömgan. Erkak hodisa joyidan qoçib ketgan.
Danğara tuman sudi hukmiga köra, yigit Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi bilan aybdor deb topilib, 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.












