Ayrim vazirliklar qonunlarni ishlab chiqishda jamoatchilik muhokamasidan foydalanmaslikka intiladi - Ruslanbek Davletov
Adliya vaziri ayrim vazirlik va idoralar qonun loyihalarini ishlab chiqishda tor doiradagi manfaatlarni ilgari surish va katta salbiy tanqid ostida qolmaslik uchun ham jamoatchilik muhokamasidan foydalanmaslikka harakat qilishi bilan bog‘liq holatlar haqida gapirdi.
![](https://storage.kun.uz/source/7/M6CU-oMZtZyHEhoRsTYh8F0RxEd1yn3r.jpg)
Foto: KUN.UZ
22 aprel kuni boshlangan «Tashkent Law Spring» II xalqaro yuridik forumida Adliya vaziri Ruslanbek Davletov qonunchilikni ixchamlashtirish va ortiqcha yukni kamaytirish, biznesga nisbatan byurokratiyani va korrupsiyaga yetaklovchi normalarni kamaytirish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.
Ma’lum qilinishicha, yaqinda qabul qilingan «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi yangilangan qonunda O‘zbekiston huquqiy tizimi uchun zamonaviy bo‘lgan masalalar: qonunchilikni raqamlashtirish, tartibga solish ta’sirini baholash va jamoatchilik muhokamasi kengayishi, zamonaviy ekspertiza turlari kabi yangiliklar o‘z aksini topgan.
Vazir gilotina prinsiplari ham O‘zbekistonda ishlay boshlaganini ta’kidladi.
«Yaqinda eskirgan prezidentning 500ta hujjatlari va hukumatning 2000ta hujjatlari bekor bo‘ldi. Yana 400ta hujjat bekor bo‘lish arafasida. Bu yo‘nalish albatta davom etadi», – dedi u.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Adliya vaziri, shuningdek, qonunlarni ishlab chiqishda manfaatdor tomonlarning keng ishtirok etishi uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanilmayotganini qayd etgan.
«Ko‘plab mamlakatlar qatori O‘zbekistonda ham qonunchilik hujjatlari loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun veb-portallar mavjud. Buni bevosita demokratiyaning bir ko‘rinishi deyish mumkin.
Biroq, bu sohadagi imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayapti. Har bir manfaatdor tomon, xoh biznes vakillari, ilmiy ekspertlar hamjamiyati, nodavlat notijorat sektori, shuningdek, ommaviy axborot vositalari bo‘lsin, qonun ijodkorligida bevosita va faol ishtirok etishi lozim. Aks holda, ozchilik ko‘pchilik uchun qaror qabul qiladigan vaziyat yuzaga kelishi mumkin.
Ayniqsa, ayrim vazirlik va idoralar tor doiradagi manfaatlarni ilgari surish uchun ham jamoatchilik muhokamasidan foydalanmaslikka harakat qiladi, chunki biladi katta salbiy tanqid ostida qolishini. Mana shuning uchun ham bu mexanizm juda katta ahamiyatlidir.
Yoki bo‘lmasa, bir guruh shaxslar tomonidan alohida savollarni, kichkina muammoni ma’lum bir yo‘l bilan hal qilishda ko‘pchilik qiziqish bildirayotgandek ko‘rsatish orqali yolg‘on taassurot uyg‘otishi, ya’ni jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilishi mumkin. Bu ham mavjud xavf-xatardir. Biz barcha suiiste’molchiliklarga tayyor turishimiz kerak va yuridik hamjamiyat qonun ijodkorligi sohasida jamoatchilik bilan birga maqbul yechimni topishi lozim», – dedi Ruslanbek Davletov.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumning jazo muddati qisqartirilishi mumkin
O‘zbekiston | 18:19 / 13.02.2025
Tramp va Mask demontaji: USAID o‘rnini Xitoy egallamoqda
Jahon | 16:35 / 13.02.2025
Ka’ba atrofida rasmga tushish taqiqlandimi?
Jamiyat | 14:35 / 13.02.2025
Tramp Putin va Zelenskiyga telefon qildi. Asosiy ma’lumotlar
Jahon | 13:32 / 13.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Killerlarga hukm, gullayotgan korrupsiya va kayfiyati tushayotgan biznes - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40
-
Tramp o‘zini Maskdan «ajratishga» urinishlar haqida gapirdi
Jahon | 22:06
-
Xonanda Shirin Abdullayeva 19 yoshida vafot etdi
Jamiyat | 21:33
-
Ukraina bo‘yicha hech qanday qaror Ukrainasiz qabul qilinmaydi - Zelenskiy Myunxenda nutq so‘zladi
Jahon | 20:07
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/YaM2Af5S6fsF5XHPYbywkN7mpYP1r935_medium.jpg)
12:29 / 28.01.2025
NHH loyihalarining jamoatchilik muhokamasi bo‘yicha topshiriq bajarilyaptimi?
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/hjGQ1PSXWCup8bt-mkG5i77bIJxNZNEM_medium.jpg)
19:18 / 04.12.2024
Prezident maslahatchilari tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ruslanbek Davletovning lavozimi o‘zgardi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/w-dwReJkLhMow7nMXM7rKp9gkcKeEBqz_medium.jpg)
17:59 / 20.11.2024
Prezident normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik bilan muhokama qilinmayotganiga e’tiroz bildirdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/9/lJDdG-w69auoDqeEEFPIUzBDVurE5Ftv_medium.jpg)
22:35 / 15.11.2022