Özbekiston budjet pullarini sarflanişi oçiqligining yangi bosqiçiga ötişi, amaldorlarning xarajatlari oçiqlanişi kerak, deydi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov 22 aprel kuni boşlangan «Tashkent Law Spring» II xalqaro yuridik forumidagi çiqişida.

Vazir mamlakat uçun raqamlaştiriş va oçiqlik böyiça ustuvor sohalarni belgilab olişi kerakligini ta'kidladi.

«Çunki yönaliş köp, muammo yetarli, resurslar tanqisligini e'tiborga olib eng birinçi navbatda qilinişi kerak bölgan va davlat tomonidan moliyalaştirilişi va qöllab-quvvatlanişi kerak bölgan yönalişlar belgilanişi kerak.

Masalan, birinçi navbatda budjet pullari sarflanişi oçiqligining yangi bosqiçi, ayniqsa dolzarb bölgan avtomobil yöllarga ketayotgan xarajatlar, aniq manzillari bilan interaktiv kartalarda körinişi kerak. Har bir taşkilotning öz ma'muriy binolarini ta'mirlaşga ketkazayotgan xarajatlari, şuningdek, amaldorlarning köçmas mulklari va maşinalari töğrisidagi axborotlar oçiqlanişi kerak», – deya Ruslanbek Davletovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib ötamiz, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi işlab çiqqan qonun loyihasida, prezidentdan boşlab barça böğinlardagi davlat amaldorlari mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qilişi belgilangan.

Yangi tartib qaçon qabul qilinişi aniq emas. Şunisi ma'lumki, deklaratsiyalaş talabi bu yil kuçga kirişi kutilmayapti: 2021 yilgi davlat dasturi loyihasida bu haqda band yöq.