Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumatning 2 mingga yaqin qarori kuchini yo‘qotdi
Ahamiyatini yo‘qotgan qarorlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga asosan, 1887ta hukumat qarorining aksariyati to‘lig‘icha, ba'zilari qisman o‘z kuchini yo‘qotdi.
O‘z kuchini yo‘qotgan hujjatlar sifatida bugungi kunda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, bir martalik qoidalarni nazarda tutadigan yoki muayyan muddat davomida amalga oshirishga mo‘ljallangan topshiriqlardan iborat qarorlar tanlab olingan.
Bugungi kunda amalda bo‘lib turgan 35 mingdan oshiq normativ-huquqiy hujjatlarni kamaytirish quyidagi maqsadlarga xizmat qiladi:
- kerakli huquqiy axborotni izlab topish va foydalanishni osonlashtirish;
- qonunchilikdagi takrorlanishlar va qarama-qarshiliklarni bartaraf etish.
Shuningdek, qonunchilik hujjatlarini qisqartirish ortiqcha byurokratik tartib-taomillar bartaraf etilishiga, tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan tartibga solish yuki kamayishiga, qonunchilik bazasini harakatsiz va amalda qo‘llanmayotgan hujjatlardan tozalashga xizmat qiladi.
Adliya vazirligining ma'lum qilishicha, 500ga yaqin hujjatlarni bekor qilishni nazarda tutgan 2020 yil 27 sentyabrdagi 6075-sonli prezident farmoni hamda hukumatning mazkur qarori vazirlik tomonidan olib borilayotgan qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirishning birinchi bosqichi hisoblanib, ikkinchi bosqichda qonunchilik hujjatlarini sohalar kesimida birlashtirish reja qilingan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin adliya vaziri Ruslanbek Davletov yaqin kunlarda 2 mingta hukumat hujjati bekor qilinishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
17:10 / 27.04.2026
Aholi murojaatlari asosida «Top-100 huquqiy tavsiya» to‘plami shakllantiriladi
10:50 / 16.03.2026
Infratuzilma dasturidagi taqsimlanmagan mablag‘lar endi yangi tartibda ajratiladi
09:06 / 12.03.2026
Havodagi harakatni boshqarishga oid ayrim talablar bekor qilindi
09:13 / 06.03.2026