Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari tasarrufidagi tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul e'lon qilindi
Tayanch doktorantura kirish imtihonlari va doktorantura uchun suhbat 2020 yilning 1-25 noyabr davrida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari tasarrufidagi tayanch doktorantura va doktoranturaga 2021 yil uchun qabul e'lon qilindi.
Qabul quyidagi ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha:
fizika-matematika va texnika;
tabiiy fanlar;
ijtimoiy-gumanitar fanlar.
Qabulga tegishli barcha zarur ma'lumotlar va talablar bilan Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari va markazlari hamda mintaqaviy bo‘limlarida tanishish mumkin.
Hujjatlar 2020 yilning 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha qabul qilinadi.
Tayanch doktorantura kirish imtihonlari va doktorantura uchun suhbat 2020 yilning 1-25 noyabr davrida bo‘lib o‘tadi.
Tayanch doktoranturaga kiruvchilar quyidagi fanlardan imtihon topshiradi:
chet tili (ta'limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til);
mutaxassislik.
Tayanch doktoranturaga kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
oliy ta'lim muassasasi magistraturasi diplomi magistr darajasi joriy etilguncha olingan oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;
muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqola va ilmiy-amaliy konferensiyalarda tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ikkita ma'ruza-tezisga ega bo‘lish;
xorijiy tilni magistratura bitiruvchisining tegishli darajasida bilish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan Internetdan foydalana olish.
Doktoranturaga kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olingandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish.
Mavzuga oid
13:52 / 24.02.2026
Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida doktoranturaga qabul tartibi tasdiqlandi
17:10 / 30.11.2025
“Doktorantura uchun magistr diplomi shart emas”: Kremniy vodiysidagi o‘zbek tadqiqotchisi Abdumalik Abduqayumov bilan suhbat
20:47 / 12.10.2025
Doktorantura va boshqa ilmiy tadqiqot yo‘nalishlariga qabul kvotasi tasdiqlandi
07:30 / 23.09.2025