Jahon | 19:44 / 12.03.2019
28795
1 daqiqa o‘qiladi

Efiopiyada halokatga uchragan Boeing’ning oxirgi soniyalari videosi topildi

Efiopiyada Boeing samolyotining halokatga uchrashi oldidan unda yuz bergan voqealarni qayd qilgan telefon topildi.

Telefonni voqea joyida ishlayotgan qutqaruvchilar aniqlashgan.

Telefonga muhrlangan videoda yo‘lovchilar o‘z o‘rinlarida kislorod niqoblarida o‘tirganlari, emizikli bolalar yig‘layotgani, bortkuzatuvchilar esa odamlarga qandaydir ko‘rsatmalar berishayotganini ko‘rish mumkin.

Samolyot 10 mart kuni havoga ko‘tarilgandan ko‘p o‘tmay halokatga uchragan. Fojiada 157 kishi halok bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов

Mavzuga oid