13:00 / 10.11.2019
2
41058

Sirli Turkiston: Ahmad Yassaviy maqbarasiga sayohat

Sayohat insonga nafaqat mazmunli hordiq, yoqimli lahzalar taqdim etadi, balki tajriba va bilim, keng dunyoqarashga ham ega bo‘lish mumkin. Ayniqsa, qadimiy manzilgohlar sizni olis va ko‘hna tarix qa'riga olib kira oladi. Shunday ajoyib maskanlardan biri Qozog‘istonning Turkiston shahrida joylashgan Xo‘ja Ahmad Yassaviy me'moriy majmuasidir. Bu yodgorlik sohibqiron Amir Temur buyrug‘iga asosan 1385–1405 yillarda qurilgan.

Ahmad Yassaviy maqbarasi (XII – XIV asrlar)

Tarixiy ma'lumotlarga ko‘ra, dastlab Yassaviy qabri ustida kichik maqbara qurilgan. Keyin Amir Temur tomonidan ulkan mahobatli maqbara majmui bunyod etilgan. Amir Temurning vafotidan so‘ng qurilish to‘xtab qolgan.

Yassaviy maqbarasi yon tarafdan ko‘rinishi
Majmuaga kirish yo‘lagi
Majmuaga kirish darvozasi
Maqbaraga ikkita eshikdan kirish mumkin
Maqbaraning yuqori qismi

  Balandligi qariyb 40 metr, jami 30ta xona va zallardan iborat.

Maqbara ichki qismi
Maqbara ichki ko‘rinishi
Yassaviy maqbarasining ichki qismi

Markaziy zal qozoq xonlari qarorgohi bo‘lgan. Zal markazida Toyqozon o‘rnatilgan.

Toyqozon (XIV asr)

Sig‘imi 3000 litr. Og‘irligi taxminan 2 tonna. Balandligi 1,62, diametri 2,42 metr. Qozon 7 xil turli metallar: oltin, kumush, temir, qo‘rg‘oshin, mis, rux va qalaydan yasalgan. Maqbara 2003 yili YuNeSKO umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. 

Xilvatgoh (XII asr)

«Xilvat» yerosti uyining tuzilish maketi

 

Yassaviyning «Xilvat» yerosti uyi kirish qismi
Yerosti uyining ichki qismi
Xonalarga kirish yo‘lagi
Hujraning tuzilish maketi
Yassaviy ijod qiladigan maxsus yerosti hujrasi

 

Sharq hammomi (XV-XVI asr)

Majmua hududida joylashgan hammom

Hammomning maqbara yaqinida qurilgani bejiz emas. Ziyoratga kelganlar avval hammomda poklanib, keyin ibodatga kirishgan. Bino tashqarisida so‘rilar joylashtirilgan bo‘lib, bu joy choyxo‘rlik qilib, suhbat qiladigan maskanga aylantirilgan.

Hammomning ichki ko‘rinishi

Hammomda ayollar va erkaklar poklanishi uchun alohida kun belgilangan. Bino asosiy katta zal va unga tutash bir necha xonadan iborat. Katta zal markazida g‘ishtdan qurilgan so‘ri bor. Uning ustida suv solingan idishlar qo‘yilgan. Suv shunday isitilgan. Idishlar turli kattalikda bo‘lib, ular misdan yasalgan, chunki bu metall inson salomatligiga ijobiy ta'sir qilgan. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, hammom nafaqat poklanish joyi, balki salomatlikni tiklash maskani ham bo‘lgan. Bu yerga dunyoning turli chekkalaridan tibbiyot bilimdonlari taklif etilgan va insonlar o‘z dardiga shifo topishgan ekan.

Majmuada, shuningdek, Ulug‘bekning qizi Robiya Sulton begim maqbarasi, Yesimxon maqbarasi qoldiqlari, Juma machiti joylashgan.

Mirzo Ulug‘bekning qizi Robiya Sulton begim maqbarasi

Ushbu tarixiy yodgorlikni ko‘rish uchun har yili dunyoning turli chekkalaridan bir millionga yaqin sayyoh tashrif buyuradi.

Muhabbat Ma'mirova tayyorladi

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top