Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 avgustdan hokimliklarning yerga oid qator vakolatlari bekor qilinadi
2021 yil 1 avgustdan hokimliklarning yerga oid bir qator vakolatlari bekor qilinadi. Bu prezidentning “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilab qo‘yilgan.
Hokimliklarning quyidagi vakolatlari bekor qilinadi:
- yerni to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratish, foydalanishga berish, zaxiralash, biriktirish, obodonlashtirish uchun berish yoki yerlarni boshqacha yo‘l bilan tasarruf qilish;
- tuman va shahar hokimliklari tomonidan yerga bo‘lgan huquqlarni belgilash, e'tirof etish, o‘zgartirish, bekor qilish;
- sug‘oriladigan yerlarni sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga yoki boshqa yer toifasiga, sug‘orilmaydigan qishloq xo‘jaligi yerlarini boshqa yer toifasiga o‘tkazish;
- jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi hamda yordamchi qishloq xo‘jaligini yuritish uchun yer berish;
- xususiylashtiriladigan yerga nisbatan investitsiya majburiyatlari yoki xususiy mulkni erkin tasarruf etishni cheklaydigan boshqa majburiyatlarni belgilash.
Prokuratura organlari ishchi organligida Yer to‘g‘risidagi qonun buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi va joylarda hududiy kengashlar tashkil etildi.
Kadastr organlari yerdan maqsadsiz foydalanishni aniqlaganda ushbu yerga bo‘lgan huquqni bekor qilish, noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish yuzasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri sudga murojaat qilishi mumkin.
Davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratish yoki boshqacha tarzda imtiyoz va istisnolar belgilash tashabbusi bilan chiqish taqiqlanadi.
Mavzuga oid
08:50 / 25.12.2025
Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
15:15 / 24.12.2025
Uy-joy va yer bo‘yicha yakuniy xulosa chiqarish muddati 3 barobarga qisqarishi mumkin
09:23 / 17.12.2025
Fermer xo‘jaligi yerini o‘zboshimchalik bilan egallab, sotishga uringanlar ushlandi
08:20 / 26.11.2025