Germaniya aholisining mutlaq köpçiligi federal yerlarni birlaştiriş va ular sonini qisqartirişga qarşi çiqmoqda. Seşanba, 20 yanvar kuni e’lon qilingan ijtimoiy sörov natijalariga köra, Bavariya boş vaziri Markus Zyoder tomonidan ilgari surilgan bu ğoyaga respondentlarning 64 foizi qarşi ekanini bildirgan. Sörovda qatnaşganlarning 30 foizi taşabbusni qöllab-quvvatlagan, 6 foizi esa javob berişdan tiyilgan.
Zyoder öz taklifini şunday izohladi: Bavariya hududlar örtasida moliyaviy qayta taqsimlaş tizimida eng katta yukni kötarmoqda. Faqat ötgan yilning birinçi olti oyidayoq Bavariya taxminan 6,7 milliard yevro hissa qöşgan. Bavariyadan taşqari Germaniyada faqat uçta federal yer — Baden-Vyurtemberg, Gessen va Hamburg donor hududlar hisoblanadi.
Şunga qaramay, Bavariyaning özida ham aholining 67 foizi öz boş vazirining ğoyasini qöllab-quvvatlamaydi. Şuningdek, Germaniyaning eng köp aholiga ega boşqa yerlarida ham köpçilik qarşi çiqdi: Şimoliy Reyn – Vestfaliyada 61 foiz, Baden-Vyurtembergda esa 69 foiz aholi bu taklifni ma’qullamaydi.
Sörov natijalariga köra, Ğarbiy va Şarqiy Germaniya yerlari örtasida ham katta farq kuzatilmagan: ğoyaga qarşi çiqqanlar mos ravişda 64 va 65 foizni taşkil etgan.
Federal yerlarni birlaştiriş tarafdorlari eng köp XDI/XSI konservativ bloki saylovçilari orasida qayd etilgan (38 foiz — “tarafdor”, 58 foiz — “qarşi”). Eng köp qarşi çiquvçilar esa Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi tarafdorlari bölgan (22 foiz — “tarafdor”, 71 foiz — “qarşi”).
Mazkur reprezentativ sörov jamoatçilik fikrini örganiş bilan şuğullanuvçi Forsa instituti tomonidan Stern jurnali va RTL telekanali buyurtmasi asosida 2026 yil 15–16 yanvar kunlari ötkazilgan.












