O‘zbekiston | 16:33 / 02.11.2021
6485
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda Prezident maktabi o‘z faoliyatini boshladi

Foto: KUN.UZ

Navoiy shahrida Prezident maktabining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimligi mas'ullari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Prezident maktabi o‘quvchilari va o‘quvchilarning ota-onalari ishtirok etdi. 

Tadbirda Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori Quvondiq Sanaqulov qatnashib, nutq so‘zladi. 

Prezident maktabida zamonaviy loyiha asosida ikki qavatli o‘quv binosi, yotoqxona, barcha sharoitlarga ega mehmonxona, gimnastika va sport zallari, suv havzasi, oshxona va dars tayyorlash xonalari barpo etilgan. Maktabda o‘quv jarayoni Cambridge Assessment ta'lim tashkilotining dasturi asosida olib boriladi. Mahalliy o‘qituvchilar bilan bir qatorda xorijiy davlatlardan yuqori malakali o‘qituvchilar taklif etilgan.

Ma'lumot uchun, mazkur Prezident maktabiga 2021-2022 o‘quv yilida o‘qish istagini bildirib ko‘plab talabgorlar hujjat topshirgan hamda ikki bosqichli sinovda ulardan 144 o‘quvchi saralab olingandi.

Mavzuga oid