Yiğilişda rahbarlarga qöl ostidagi şaxsiy tarkib ustidan kunlik nazoratni kuçaytiriş, har bir xodimga individual yondaşiş, ularning xizmat faoliyati, ijtimoiy-oilaviy ahvoli hamda ruhiy-psixologik holatini inobatga olgan holda vazifa va topşiriqlar beriş zarurligi ta’kidlandi. Şuningdek, har bir rahbar öz qöl ostidagi xodimlar faoliyati uçun javobgar ekani qayd etildi.

Ma’lum qilinişiça, joriy yilning 10 oyi mobaynida xodimlar tomonidan 93 ta turli körinişdagi salbiy holat sodir etilgan bölib, natijada 10 nafar xodim içki işlar organlari safidan çetlatilgan.

Yiğiliş davomida esa salbiy harakatlari aniqlangan 13 nafar xodimga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkazilişi tayinlandi.

Bundan taşqari, içki işlar organlarini xalqçil va professional tuzilmaga aylantiriş böyiça işlar samaradorligini oşiriş, xodimlarning jangovar va jismoniy şayligi hamda bilim darajasini yanada yuksaltiriş maqsadida qator çora-tadbirlar belgilangan.