Navoiy viloyati Zarafşon şahrida portlovçi modda sotgan ovçi jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmida keltirilişiça, 1982 yilda tuğilgan J.I. Zarafşon şahrida istiqomat qilib, kirakaşlik faoliyati bilan şuğullanib kelgan. U 2017 yildan ovçilik jamiyati a’zosi bölgan.

J.I. 2025 yil 4 iyul kuni Zarafşon şahrida şartli xaridorga 1,5 mln sömga portlovçi modda sotgan vaqtida tezkor tadbirda aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Içki işlar vazirligi Ekspert-kriminalistika boş markazining xulosasiga köra, ovçi sotgan modda 775 gr oğirlikdagi NDSI-2K markali portlovçi modda bölgan. 

J.I. sudda aybiga iqror bölgan va portlovçi moddani Buxoro viloyati Şofirkon tumani hududida ov qilib yurganida topib olganini aytgan.

“2017 yildan ovçilik jamiyatiga a’zoman. IJ-27 markali, 12 kalibrli, ikki stvolli ov qurolini nomimga rasmiylaştirib olganman. Şundan buyon ov mavsumida ovga çiqib turaman. Ovda işlatadigan patronlarni ovçilik dökonidan sotib olaman. Köpinça özim qölbola usulda yasab foydalanaman.

2023 yilda Şofirkon tumanida zovur atrofida ov qilib yurgan vaqtimda yerdan 2 dona uzinligi taxminan 35-40 sm bölgan porox tayoqçalarini topib oldim. Ularni ovda patron tayyorlaş uçun Zarafşon şahriga olib keldim. Söngra porox tayoqçalaridan birini özimning yaşaş xonadonimda piçoq bilan maydalab, patron yasab, ovda foydalandim”, degan u suddagi körsatmasida.

Ovçi sodir etgan qilmişi jinoyat ekanini bilmaganini aytib, puşaymonlik bildirgan hamda suddan yengillik söragan.

J.I.ga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi JIB Zarafşon şahar sudida körib çiqildi. Sudning hukmi bilan J.I. Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni (öqotar qurolni, öq-dorilarni, portlovçi moddalarni yoki portlaş qurilmalarini ötkaziş) sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qöllagan holda 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilangan.