Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 12:42 / 07.08.2025
6755
1 daqiqa o‘qiladi
Chilonzordagi ayrim ko‘chalarda transport harakati to‘liq cheklanadi
7 avgust kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan "Bunyodkor" stadionida konsert bo‘lib o‘tadi.
Poytaxt IIBB YHXB xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan Chilonzor tumanining ayrim ko‘chalarida soat 12:00 dan 23:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati to‘liq cheklanadi.
Ko‘chalar ro‘yxati:
- Cho‘ponota — Qatortol ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab, Cho‘ponota va Chilonzor ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
- Chilonzor — Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab, Chilonzor — KHAY ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
- Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasi: KHAYdan — Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Haydovchilarga aylanma va yondosh ko‘chalardan harakatlanish tavsiya qilingan.

Mavzuga oid
09:29 / 24.12.2025
Toshkentda 25 dekabrdan ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi
16:24 / 20.12.2025
O‘zbekistonda avtotransport vositalari uchun ekostikerlar joriy etila boshlandi
14:05 / 17.12.2025
Toshkent–Samarqand yangi temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslari tayyor bo‘ldi
08:43 / 17.12.2025