O‘zbekiston | 09:09 / 25.08.2017
7207
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi prezidentini qabul qildi

2017 yilning 24 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi prezidenti Boris Kandovni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: mfa.uz/Anvar Ilyosov

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Ushbu tashkilot a'zolarining asosiy qismini kelib chiqishi o‘zbekistonliklar tashkil etadi

Uchrashuvda qayd etilganidek, mazkur Kongress O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi anglashinuvni mustahkamlash, o‘zbek madaniyatini xususan klassik musiqa san'atini xorijda ommalashtirishda muhim rol o‘ynaydi.

Shu ma'noda madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid