Abdulaziz Hafizoviç Komilov Özbekiston prezidentining taşqi siyosat böyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan prezidentning taşqi siyosat masalalari böyiça maxsus vakili lavozimidan ozod etildi.
Ma’lumot uçun, Abdulaziz Komilov dastlab 1994-2003 yillarda, keyin 2012-2022 yillarda Özbekiston TIVni boşqargan. 2003-2010 yillarda Özbekistonning AQŞdagi elçisi bölgan, 2010-2012 yillarda Özbekiston TIV rahbari örinbosari sifatida işlagan.
U 2022 yil martida Senat yalpi majlisida Özbekistonning Ukrainadagi voqealarga munosabati böyiça savolga javob qaytarib, Özbekiston Ukraina hududiy yaxlitligi va suverenitetini tan olişi, Donbassdagi özini özi mustaqil deb e’lon qilgan respublikalarni tan olmasligini ma’lum qilgan va Özbekiston Ukrainada harbiy harakatlar zudlik bilan töxtatilişi tarafdori ekanini aytişi ortidan vazirlikni tark etadi. Öşanda bu uning salomatligidagi muammolar bilan izohlangandi.
Öşa yil iyuniga kelib u prezidentning taşqi siyosat masalalari böyiça maxsus vakili lavozimiga tayinlangani ma’lum bölgandi.

















