O‘zbekistonda 1 avgustgacha ish qog‘ozlari lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosiga o‘tkaziladi
1 avgustga qadar O‘zbekistondagi barcha joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, shuningdek, ish qog‘ozlari va turli blanklar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi ta'minlanadi. Kun.uz’ga ma'lum bo‘lishicha, Vazirlar Mahkamasi tomonidan idoralar va tashkilotlarga tegishli topshiriq yo‘llangan.
Vazirlar Mahkamasining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich o‘tishni to‘liq ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021 yil 10 fevraldagi 61-son qaroriga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga barcha tizim va sohalarda munosib tayyorgarlik ko‘rishni nazarda tutib, joriy yilning 1 avgustiga qadar O‘zbekistondagi barcha joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e'lonlar, shuningdek, ish qog‘ozlari va turli blanklar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi ta'minlanishi bo‘yicha vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlariga topshiriq berilgan.
Ma'lumot uchun, VMning 2021 yil 10 fevraldagi qarori bilan Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta'minlash bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlangandi.
Unga ko‘ra, quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgandi:
- Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta'minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;
- Lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosining yangi tahriri asosida «O‘zbek tilining imlo qoidalari»ni tasdiqlash bo‘yicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish;
- Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) joylashtirish uchun taqdim qilingan loyihalarni davlat tili qoidalariga muvofiqligi, shuningdek, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida tayyorlanganligi tekshirilgandan keyin muhokamaga chiqarish;
- Rasmiy veb-saytlarning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tkazilishini ta'minlash.
Shuningdek, qarorda quyidagilarning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi ta'minlanishi ko‘rsatilgandi:
- shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar, ID kartalar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hamda chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalari;
- ish qog‘ozlari, turli blanklar;
- mamlakatdagi joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e'lonlar.
Bundan tashqari, markaziy, mahalliy bosma va elektron OAV, internet saytlari, nashriyotlar, matbaa korxonalari faoliyati to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Shu bilan birga, 2023 yil 1 yanvardan boshlab barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e'lon qilish amaliyoti to‘liq joriy etilishi ma'lum qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasi 2021 yil 16 mart kuni jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilingan va u 31 mart kuni yakunlangandi. Keyinroq Davlat tilini rivojlantirish departamenti matbuot xizmati ushbu hujjat muhokamasi 2021 yil 1 noyabrga qadar davom ettirilishini ma'lum qilgandi.
Loyihaga ko‘ra, O‘zbekistonda lotin yozuviga asoslangan, quyidagi 28 harf va 1 ta harflar birikmasidan iborat yangi o‘zbek alifbosi taklif etilgan:
Mavzuga oid
18:31 / 07.05.2024
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin
20:05 / 05.07.2023
Shavkat Mirziyoyev: Alifbomizni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazishimiz zarur
17:15 / 24.06.2023
Vazirlar Mahkamasi xodimlari lotin yozuvida ish yuritish bo‘yicha o‘qitila boshlandi
21:31 / 13.11.2021