Amerikaning Franklin Templeton investitsiya kompaniyasi Özbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamğarmasini (UzNIF) rasman boşqarişga kirişdi. Uning ustuvor vazifalaridan biri UzNIF aksiyalarini Toşkent fond birjasi va yetakçi xalqaro platformalarda joylaştirişga tayyorgarlik köriş böladi.

UzNIF iqtisodiy ösişni rağbatlantiriş, xalqaro investitsiyalarni jalb qiliş va mamlakat kapital bozorini rivojlantiriş maqsadida prezidentining 2024 yil 27 avgustdagi qarori bilan taşkil etilgan bölib, 18 ta asosiy davlat korxonasi, jumladan, banklar va yirik sanoat kompaniyalarining 20 foizdan 40 foizgaça minoritar uluşlariga ega. Jamğarma aktivlarining umumiy qiymati 1,68 milliard dollarga baholanmoqda. Davlat uşbu jamğarmaning yagona aksiyadori hisoblanadi.

UzNIF boşqaruviga ötkazilgan davlat korxonalari va ularning mol-mulkidagi uluşlari röyxati:

- «Navoiyazot», 25%;

- «Hududiy elektr tarmoqlari», 40%;

- «Issiqlik elektr stansiyalari», 25%;

- «Xalq banki», 30%;

- «Özbekgidroenergo», 20%;

- Mikrokreditbank, 40%;

- «Özbektelekom», 25%;

- «Tadbirkorlikni rivojlantiriş banki», 25%;

- «Özbekiston havo yöllari», 25%;

- Uzbekistan Airports, 25%;

- «Temiryölinfratuzilma», 25%;

- «Hududgazta’minot», 40%;

- «Toşşahartransxizmat», 25%;

- «Özbekiston poçtasi», 25%;

- «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari», 40%;

- «Özbekiston Respublika tovar-xomaşyo birjasi», 40%;

- «Özbekinvest», 20%;

- «Özsuvta’minot», 40%.