Xivada Tosh hovli saroyi devori nega buzilgandi? Mas'ullar mish-mishlarga aylangan voqea xususida izoh berishdi
11 dekabr kuni Xivada Tosh hovli saroyi devorining bir qismi o‘zboshimchalik bilan buzib tashlangani haqida xabar berilgan edi.
Kun.uz muxbiri voqea joyida bo‘lib, holat yuzasidan mas'ullardan izoh oldi. «Ichan-Qal'a» davlat muzey-qo‘riqxonasi ilmiy kotibi Komiljon Xudoyberganovning ma'lum qilishicha, bino cho‘kkani va devorning og‘ishi sabab ta'mirlash ishlarini zudlik bilan boshlashga to‘g‘ri kelgan.
«Devorni ta'mirlash bo‘yicha 2019 yilda loyiha hujjatlari qilindi, ammo ikki narsa ta'mirlashni zudlik bilan boshlashimizga sabab bo‘ldi. Birinchisi – devor parapeti (ikkinchi qavati) yuqori qismidan sharqiy tomonga qarab 20 santimetrgacha og‘di. So‘nggi kunlarda bu jarayon yanada tezlashdi. Tushunishimcha, yerosti suvining qochib ketgani bunga sabab bo‘lgan. Avvallari Ichan-Qal'adagi quduqlarda 8-9 metr chuqurlikda suv bo‘lar edi, hozir suv yo‘q. Ana shu yerosti suvlarining yo‘qligi ko‘p yodgorliklarning cho‘kishiga olib kelgan. Kaltaminorga borsangiz, u yerda ham yodgorlik cho‘kib borayotganiga guvoh bo‘lasiz.
Devor ta'mirini hozir boshlaganimizga ikkinchi sabab – ayni vaqtda sayyohlar va o‘tkinchilarning kamligi. Xudo saqlasin, devor birovning ustiga yiqilib ketadigan bo‘lsa, uning tagidan olib chiqib bo‘lmaydi.
Shuning uchun hozir ilmiy asoslangan reja asosida va nazorat ostida ta'mirlashni boshladik. Lekin albatta, devorni ta'mirlash uchun qaysidir qismini buzishga to‘g‘ri kelardi. Rejamizga ko‘ra, devordan olingan g‘ishtlar butunligicha o‘z o‘rniga qaytarib teriladi. Natijada, biz devordagi og‘ishni bartaraf etamiz va uni tik holiga keltiramiz. Devorni buzishdan maqsad shu edi. Bu yerda boshqacha shov-shuvlarga hojat yo‘q», – dedi u.
Shuningdek, Komiljon Xudoyberganov devor ta'miri bo‘yicha loyiha va smeta hujjatlari ilmiy kengashdan o‘tkazib berishi uchun shu yil avgustda Madaniyat vazirligiga berilgani, ammo oradan 4 oy o‘tsa-da, biror javob bo‘lmagani, vaziyat og‘irlashib ketganidan so‘ng bu ishlarni boshlashga majbur bo‘lishganini bildirdi. Bundan tashqari, ta'mirlash ishlaridan Madaniyat vazirligi qoshidagi Madaniy yodgorliklarni ta'mirlash, saqlash departamenti Xorazm viloyat bo‘limining xabari borligi, ular tomonidan ruxsatnoma berilgani ham ma'lum qilindi.
Devorni ta'mirlashda ishtirok etayotgan «Surgut neft stroy» xususiy korxonasi rahbari Baxtiyor Matrizayevning aytishicha, qurilish aralashmasiga muzlashga qarshi kimyoviy modda qo‘shgan holda g‘isht terilmoqda.
“Aralashma yopishqoqligini ta'minlash uchun ohaksuv ham qo‘shyapmiz. Ta'mirlash tugaganidan so‘ng, devor 8 ballgacha yer silkinishlariga bardosh berishi kutilmoqda”, – dedi u.
Ijtimoiy tarmoqlarda «Surgut neft stroy» korxonasi neft qazib chiqarishi, tarixiy binoni buzib neft izlanayotgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi mish-mishlar tarqaldi. Baxtiyor Matrizayev bu kabi iddaolarni rad qildi. Odamlar korxona nomini qaysidir tashkilot nomi bilan adashtirgani, «Surgut neft stroy»ning ta'mirlash bilan shug‘ullanishi to‘g‘risida litsenziyasi mavjudligini ma'lum qildi.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Ukraina urushida vositachilikni to‘xtatish bilan tahdid qildi
Jahon | 09:10
-
Turkiyadan kelgan fuqarodan 320 mln so‘mlik qadimiy kitoblar topildi
O‘zbekiston | 08:55
-
Bloomberg: AQSh Qrimni Rossiya hududi deb tan olishga «ochiq»
Jahon | 08:35
-
O‘zbekiston va Janubiy Koreya viza talablarini soddalashtirish masalasini muhokama qilmoqda
O‘zbekiston | 08:10
Mavzuga oid

07:34 / 16.04.2025
Xivada O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

08:46 / 10.03.2025
Toshkentda madaniy meros obekti yonida noqonuniy qurilish to‘xtatildi

19:23 / 23.12.2024
TDYuU joylashgan tarixiy bino eshiklarini beruxsat almashtirgan xodim jarimaga tortildi

13:48 / 05.12.2024