Özbekistonda sönggi ikki kunda 2ta madaniy meros obekti bilan boğliq noxuş xabarlar jamoatçilikda e'tirozlarni keltirib çiqardi.

Ma'lum bölişiça, Xiva şahridagi Toş hovli saroyining devori xususiy korxona tomonidan buzilgan. YuNeSKO röyxatidagi saroyda ötkazilayotgan ta'mirlaş işlari uçun Madaniy meros departamentidan ruxsat olinmagan.

Boşqa bir holatda esa Markaziy Osiyoda antik davrning eng qadimiy yodgorliklaridan biri – Surxondaryo viloyatidagi Kampirtepa qal'asi devori qulab tuşdi. Madaniy meros departamenti devor qulaşiga kuçli yomğir sabab bölgan bölişi mumkinligini bildirdi. Akademik Edvard Rtveladze esa bu qasddan qilinganiga işonmoqda.

Har ikkala holat böyiça prokuratura tekşiruv ötkazişi kutilyapti.

Toş hovli: Bir yil oldin derazasiga «Akfa» örnatilgan tarixiy saroy endi devorining bir qismidan ayrildi

Madaniyat vazirligining Madaniy meros departamenti ma'lumotiga köra, Toş hovli saroyi 1832–38 yillarda qurilgan bölib, 1997 yilda – Xiva şahrining 2500 yilligi munosabati bilan qisman ta'mirlangan. Ta'mirni «Xorazm maxsus ilmiy ta'mirlaş işlab çiqariş» ustaxonasi olib borgan.

Aniqlanişiça, saroyning şarqiy tomonidagi devor qismi buzilişiga sabab – buyurtmaçi taşkilot «Içan-Qal'a» davlat muzey-qöriqxonasi bölib, «Surgut neft stroy» pudratçi xususiy korxonasi tomonidan joriy yilning 8 dekabr kuni devor tepa qismi buzilgan.

«Içan-Qal'a» davlat muzey-qöriqxonasida har qanday ta'mirlaş-tiklaş işlari Departament qoşidagi Ilmiy-ekspert kengaşi xulosasi asosida bajarilişi va YuNESKO bilan kelişiş zarurligi aniq belgilangan bölsa-da, loyiha kengaşga kiritilmagan va saroyda ta'mirlaş-tiklaş işlari loyihasiz olib borilgan.

Hozirda departament xodimlari tomonidan Toş hovli saroyida ta'mirlaş-tiklaş işlari töxtatilgan. Noqonuniy olib borilayotgan ta'mirlaş-tiklaş işlari töğrisida huquq-tarğibot idoralariga hujjat tayyorlanmoqda.

Eslatib ötamiz, bir yil oldin – 2019 yil dekabrida Toş hovli saroyi derazalaridan biriga «Akfa» alyumin romi örnatilgan, jamoatçilik e'tirozidan söng u olib taşlangan edi. Madaniyat vazirligi iş prokuraturaga oşirilişini xabar qilgandi