Xivada O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Kecha, 15 aprel kuni Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi.

Foto: gov.uz
Xiva shahrida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda hamraisligida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda asosiy e’tibor savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport, energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga qaratildi.
O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi oxirgi besh yilda ikki barobar o‘sdi. Qo‘shma korxonalar soni uch yuzdan oshdi. Bu ko‘rsatkich doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Shu bilan birga, tovar aylanmasi ko‘rsatkichi mamlakatlar salohiyatiga to‘laqonli mos kelmaydi va hali foydalanmagan barcha imkoniyatlar mavjud.
Bundan tashqari, davlatlar rahbarlari hukumatlar zimmasiga 2030 yilgacha o‘zaro savdo hajmini 2 milliard dollarga yetkazish yetkazish vazifasi qo‘yilgan
Yig‘ilishda buning uchun sanoat kooperatsiyasini yanada chuqurlashtirish, transport va kommunikatsiya sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, suv resurslari va energetika sohasida o‘zaro manfaatli samarali hamkorlikni davom ettirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirish, mamlakatlarimiz hududlari o‘rtasidagi hamkorlik faol rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish kerakligi bildirildi.
Yakunda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning o‘n ikkinchi yig‘ilishi bayoni imzolandi.
Shuningdek, ikki mamlakat bosh vazirlari birgalikda Xivadagi Ichan qal’aga tashrif buyurdi.
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyada salkam 30 yil avtobus boshqargan haydovchi 7 dollar o‘g‘irlagani uchun ishdan bo‘shatildi
Jahon | 00:43
-
Niderlandiya qiroli mamlakatni «tish-tirnog‘igacha qurollantirishga» chaqirdi
Jahon | 00:22
-
Qirg‘izistonda RF armiyasiga yollash ishi bo‘yicha rossiyalik polittexnolog hibsga olindi
Jahon | 23:58 / 24.04.2025
-
Tramp millionerlar uchun soliqlarni oshirishdan bosh tortdi
Jahon | 23:25 / 24.04.2025
Mavzuga oid

16:09 / 15.04.2025
Jahon banki Rog‘un GESini qayta tekshirmoqchi. Bunga ekspertlar fikri qanday?

08:57 / 14.04.2025
Tojikistonda uchinchi zilzila yuz berdi

17:43 / 13.04.2025
Tojikistonda zilzila vaqtida uch yoshli bola halok bo‘ldi

09:37 / 13.04.2025