«Hokimliklarning ikki mingtagacha qarorlari bekor bo‘lyapti. Yuristlar qayerga qarayapti?» - adliya vaziri
Adliya tizimidagi idoralar kiritgan taqdimnomalar asosida, so‘nggi 2,5 yilda 10 250ta noqonuniy qarorlar bekor qilingan. Shulardan 2 mingdan ortig‘i – hokimliklarning qarorlaridir. Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bu jarayonda hokimliklar yuristlarini tanqid qildi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov 25 noyabr kuni fuqarolar bilan o‘tkazilgan onlayn muloqotda korxonalarda huquqshunoslar shtati qisqartirilayotgani hamda noqonuniy chiqarilgan qarorlar haqida gapirdi.
«Hozirda prezident qaroriga asosan 3 ta hududda eksperiment o‘tkazyapmiz. Namangan shahri, Qarshi va Marhamat tumanlarida. Ya'ni tumandagi yuristlar shtatlari qisqartirilyapti-da, davlat tashkilotlariga huquqiy xizmat ko‘rsatish markazlari tuzilyapti. Ular mazkur markazda o‘tirib korxona va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatyapti.
Birinchidan, ular korxona rahbari tazyiqiga uchramaydi. Rahbar yuristga qandaydir ta'sir qila olmaydi. Bunda obektiv huquqiy nuqtayi nazardan ekspertiza yuz beryapti. Biz birinchi bosqichda shunga guvoh bo‘lyapmiz.
O‘sha tuzilmada va davlat organlarida ishlaydiganlar ham bu tizimni olqishlashyapti. Chunki ularga aniq reglament belgilangan. Hujjatini beryapti. To‘g‘ri keladi yoki to‘g‘ri kelmaydi – qonunlarimiz aytyapti. Bu – tuman darajasidagi yuristlar masalasi.
Davlat tashkilotlaridagi xodimlar sonini qisqartirish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri topshiriq bor. Bu hammani tahlilsiz ishdan olish kerak, degani emas. Mazkur masala bo‘yicha Moliya vazirligi tahlil olib boryapti. Maqsad – qonun ustuvorligini u yoki bu tashkilotda ta'minlash», – dedi vazir.
Davletov o‘z so‘zida yuristlardagi mas'uliyatsizlik borasida ham to‘xtalib o‘tgan.
«Oxirgi 2,5 yil ichida adliya tizimidagi idoralar tomonidan noqonuniy bo‘layotgan jarayonlar ustidan 39 175 ta taqdimnomalar kiritilgan. Buning natijasida 20 mingdan ortiq mansabdor shaxslarga nisbatan choralar ko‘rilgan. Bu yerda juda katta jarayon bo‘lyapti; kerak bo‘lsa, qonun ham buzilyapti.
10 250 ta holatda noqonuniy chiqarilgan qarorlar bekor bo‘lyapti. Bu – 10 ming nafar odamga, 10 mingta oilaning hayotiga ta'sir qiladigan hujjat degani.
Nimaga bunday bo‘lyapti? Nima uchun o‘sha tashkilotlarda ishlayotgan yuristlar qonun ustuvorligini ta'minlamayapti? Hokimliklarning 2000 tagacha qarorlari bekor bo‘lyapti. Yurist qayerga qarayapti? Nega obektiv ishlamayapti?
Qonun ustuvorligini ta'minlash maqsadida kerak bo‘lsa ish o‘rinlari qisqaradi, kerak bo‘lsa ko‘paytiriladi. Davlat organlari qabul qilayotgan qarorlar hech kimga ozor yetkazmasligi kerak. Noqonuniy bo‘lmasligi kerak», – dedi Ruslanbek Davletov.
Mavzuga oid
21:06 / 06.01.2025
300 dan ortiq yoshlarga xalqaro imtihonlarni topshirish xarajati vaqtida qaytarib berilmadi
19:18 / 04.12.2024
Prezident maslahatchilari tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ruslanbek Davletovning lavozimi o‘zgardi
18:54 / 25.10.2024
O‘zbekistonda sotilgan eng qimmat va antikvar avtomobil haqida ma’lumot berildi
20:50 / 07.08.2024