Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odamlarni elektron davlat xizmatlaridan foydalanishga o‘rgatishimiz kerak - Ruslanbek Davletov
«Maqsadimiz – odamlar davlat xizmatlarini uyidan turib olishlariga erishish. Odamning vaqti davlat organlari bilan munosabatga ketmasligi kerak», – dedi O‘zbekiston Adliya vaziri.

Bugun, 25 noyabr kuni Facebook'da Adliya vaziri Ruslanbek Davletov fuqarolar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi. Unda yo‘llangan savollardan biri elektr tanqisligi sharoitida davlat xizmatlari tizimi qanday ishlayotgani, internet yo‘q joylarda bu tizimdan foydalanish imkonsiz ekani haqida bo‘ldi.
Vazirning aytishicha, internet – kelajak degani, ammo barcha hududlarni qamrab olish uchun 5 yil vaqt kerak.
«Men o‘ylaymanki, kelajakdagi 5 yilning ichida bu tizimda [davlat xizmatlari] juda katta o‘zgarish bo‘ladi. Buncha vaqtni aytishimni sababi – elektr tanqisligi, internet qamrovi darajasi bilan bog‘liq masalalar.
Masalan, qishloq joylarga internet yetib bormagani yoki yaxshi yetib bormagani, mobil internet aloqasining yaxshi emasligi, albatta, bu – infrastruktura rivojlanishiga to‘siq. Obektiv ravishda biz bunday cheklovlar bilan ishlashga majbur bo‘lamiz», – dedi Adliya vaziri.
Ruslanbek Davletovning aytishicha, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun odamlar ko‘p vaqt sarflab o‘tirmasligi kerak. Buning uchun tizim elektron tarzda barcha hududlarda ishlashini ta'minlash lozim.
«Davlat xizmatlari agentligi tuzilganiga uch yil bo‘lyapti. Bu tizimni ilk bor 37ta xizmat turi bilan boshlagan bo‘lsak, hozirda aholiga 150 turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilyapti. Buning kelajagi qanday bo‘lishi kerak, degan savol bor. Elektron xizmatlar bu – kelajak degani. Elektron xizmatlar qaysidir davlatlarning bugungi kuni.
Biz davlat xizmatlari markaziga odamlar kelishining tarafdori emasmiz. Chunki u yerda navbat, xarajat bo‘ladi, vaqt ketadi. Shuning uchun eng pirovard maqsadimiz – odamlar xizmatlarni uyidan turib olishlari kerak. Ularning shaxsi tasdiqlanishi, turli to‘lovlar qilishi, davlat bilan munosabatga kirishishi ham uyidan amalga oshishi kerak.
Odamning vaqti davlat organlari bilan munosabatga ketmasligi kerak. U o‘z hayotini oilasi bilan yaxshi, baxtli yashashi, o‘zaro muloqotlar bilan kechirishi kerak.
Biz odamlar davlat organlariga kamroq kelsin, ko‘proq elektron xizmat olsin va hayotidan mamnun bo‘lsin, degan g‘oyani ilgari suryapmiz», – deya Adliya vazirining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

12:34 / 26.06.2025
Fermerlarning yerini xitoyliklarga berib yuborish bilan tahdid qilgan amaldorning lavozimi ko‘tarildi

14:42 / 20.06.2025
2026 yildan davlat xizmatiga ilk marta qabul qilinganlar bilan faqat bir yillik mehnat shartnomasi tuziladi

10:06 / 21.04.2025
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

20:39 / 18.01.2025