O‘zbekiston | 19:06 / 09.11.2025
9200
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat tibbiyot muassasalari 5 kunlik ish haftasiga o‘tkaziladi

2026 yil aprel oyidan O‘zbekistondagi davlat tibbiyot muassasalari 6 kunlik ish haftasidan 5 kunlik ish haftasiga o‘tadi. Dam olish kunlari ish navbatchilik asosida tashkil etiladi.

Foto: O‘zA

2026 yil 1 apreldan O‘zbekistonda davlat tibbiyot muassasalarining ish vaqti rejimi olti kunlikdan besh kunlik ish haftasiga o‘tkaziladi. Bu prezidentning tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qarorida ko‘zda tutilgan.

Hujjatda «tibbiyot muassasalari faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida bayram va dam olish kunlari ularning ishi navbatchilik asosida tashkil etilishi» ma’lum qilingan.

8 noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrigida soha vakillarining xizmatlari yuksak baholanishini, ular uchun moddiy va ijtimoiy sharoitlar bosqichma-bosqich yaxshilanishini ta’kidlagandi. Xususan, tabrikda moliyalashtirishni oshirish, raqamlashtirish va kadrlar tayyorlashga doir ustuvor vazifalar belgilab berilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid