Ilm – şubhasiz maşaqqatli yöl. Bu yöldan boriş, ilm-fanda yutuqlarga erişiş ayol kişi uçun va ayniqsa özbek jamiyatida oson vazifa emas. Şunday bölsa-da, qat'iy istak, sabr va yaqinlarining qöllab-quvvatlaşi bilan ilmda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan özbek ayollari ham oz emas.

Ana şunday tadqiqotçilardan biri – Özbekiston xalqaro islom akademiyasining 2-bosqiç doktoranti Nigora Hakimova ayni kunlarda Oksford universitetining Islomşunoslik markazida ilmiy izlaniş bilan band.

  Kun.uz'ning Angliyaga safari davomida Oksford şahrida ham bölib, atoqli universitetning Islomşunoslik markazida tadqiqot ötayotgan ilk özbek ayoli bilan suhbatlaşdik.

Nigora Hakimova universitet şaharçasida olib borayotgan ilmiy tadqiqoti, töylar va ajralişlar, islom ilmini ayollarga öqitiş masalalari, farzandlari öqiyotgan Oksforddagi maktablar, ğarb madaniyati içida farzand tarbiyalaş va kelgusi rejalari haqida gapirib berdi.

«Bu – Oksfordga ikkinçi marta kelişim. Birinçi marta 2016 yilda kelgandim. Undan oldin 2 yil davomida AQŞning Global Engagement instituti tadqiqotçisi bölib, tadqiqotimning natijalari haqida Oksford universitetining dinşunoslik simpoziumida ma'ruza qilgan edim.

Hozirda Buyuk Britaniyaning Chevening dasturi doirasida şu yerda tadqiqot olib boryapman. Tadqiqotim mavzusi – Qaffol Şoşiyning «Mahasinu şariat» asaridagi islom huquqi asoslari.

Qaffol Şoşiyni xalqimiz, xususan Toşkent aholisi Hastimom (Hazrati imom) nomi bilan yaxşi tanişadi. Olimning ilmiy faoliyati köp tomondan örganilgan. Oxirgi paytlarda uning diplomatik qaraşlari haqida ham ilmiy işlar qilindi. Mening tadqiqotim esa Qaffol Şoşiyning islom huquqi asoslari, islom huquqi metodologiyasi, ya'ni usul ul-fiqh rivojiga qöşgan hissasi töğrisida.

Men örganayotgan asar – «Mahasinu şariat» aynan fiqhiy kitob bölib, boşqa fiqhiy asarlardan farqi – unda islom huquqi körsatmalarining mazmun-mohiyatiga e'tibor qaratiladi. Masalan, namozda nima uçun tahorat farz qilindi, deya savol qöygan Qaffol Şoşiy buning mohiyatiga kirişga harakat qiladi.

Şuningdek, muallif asarda islom huquqi körsatmalari – inson aqliga muvofiq keladigan, aql qabul qiladigan körsatmalar ekanini isbotlaşga harakat qilgan.