Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi matbuot xizmati ma’lumotiga köra, mazkur mukofot 2010 yil 23 sentabrda Iordaniya podşohi Abdulloh II taşabbusi bilan BMT Boş assambleyasining 65-sessiyasida ta’sis etilgan "Jahon dinlararo hamjihatlik haftaligi" ğolibiga beriladi. Uşbu haftalik har yili fevral oyining birinçi haftasida butun dunyo böylab keng miqyosda taşkil etiladi.
2025 yilda uşbu haftalik doirasida 1300 dan ortiq tadbirlar ötkazildi. Xususan, Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi "Dinşunoslik va jahon dinlarini qiyosiy örganiş YuNeSCO" kafedrasi tomonidan joriy yilning 4-8 fevral kunlari "Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili" şiori ostida ilmiy, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari yuqori saviyada taşkil etildi.
Akademiyada ötkazilgan mazkur haftalik podşoh Abdulloh II nomidagi "Jahon dinlararo hamjihatlik haftaligi – 2025" mukofotiga loyiq deb topildi.
Mukofotni topşiriş marosimida Iordaniyaning Özbekistondagi elçisi Demiya Zuhayr Haddod, Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Taşqi işlar vazirligi, Din işlari böyiça qömita vakillari, professor-öqituvçilar hamda talabalar iştirok etdi.
Iordaniya elçisi Demiya Zuhayr Haddod akademiya rektori Muzaffar Komilovga podşoh Abdulloh II nomidagi "Jahon dinlararo hamjihatlik haftaligi – 2025" mukofotini tantanali tarzda topşirdi.












