Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Ushbu dastur O‘zbekiston va dunyo o‘rtasida ko‘prik bo‘ladi, deb umid qilaman" - Saida Mirziyoyeva
Yaqinda Oksford universitetida ilk bor yo‘lga qo‘yilgan o‘zbek tili dasturining ayrim jihatlari haqida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan ma’lumot berildi. Maxsus reportajda, shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva dunyoga mashhur ushbu oliygohda bo‘lgan o‘sha muhim tashrifning eng esda qolarli daqiqalari esga olinadi.
Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Oksford universitetida o‘zbek tadqiqotlari dasturining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etgandi. Oksford Buyuk Britaniyada o‘zining “Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari” fakulteti o‘quv dasturiga o‘zbek va qadimgi o‘zbek (chig‘atoy) tillarini kiritgan birinchi va yagona universitet bo‘lgandi.
Dasturning tantanali ochilish marosimida Oksford universitetining Volfson kolleji prezidenti ser Tim Xitchens, Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasining Xalqaro munosabatlar va mudofaa qo‘mitasi a’zosi lord Malkolm Bryus, “Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari” fakulteti dekani o‘rinbosari, professor Nikolay Sinay, Oksford lord-meri Luiza Apton va Oksford universiteti ilmiy hamjamiyatining boshqa vakillari ishtirok etgandi.
Tadbir doirasida Saida Mirziyoyeva Bodlian kutubxonasiga tashrif buyurib, u yerda saqlanayotgan mamlakatimiz tarixi bilan bog‘liq nodir kitoblar bilan tanishgandi.
Yaqinda Oksford universitetida ilk bor yo‘lga qo‘yilgan o‘zbek tili dasturining ayrim jihatlari haqida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan ma’lumot berildi.
Maxsus reportajda, shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva dunyoga mashhur ushbu oliygohda bo‘lgan o‘sha muhim tashrifning eng esda qolarli daqiqalari esga olinadi.
Mavzuga oid
23:22 / 10.07.2026
«Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi
17:38 / 10.07.2026
Og‘ir vaziyatga tushgan ayollar davlat ularning qismatiga befarq emasligini his qilishi kerak - Saida Mirziyoyeva
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
17:16 / 01.07.2026