Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidentini tarixiy kelishuv bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Ilhom Aliyevni Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik deklaratsiyasi imzolangani bilan samimiy qutladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 avgust kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbari qardosh Ozarboyjon yetakchisi va xalqini tarixiy voqea – Vashington shahrida Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik deklaratsiyasi imzolangani bilan samimiy qutladi.
Tez fursatda tinchlik bitimi rasman imzolanishi Janubiy Kavkazda tinchlik, barqarorlik va ravnaqni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonch bildirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining joriy yil iyul oyida Ozarboyjonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Yetakchilar bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuv va tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdi.
8 avgust kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Vashingtonda, Donald Tramp huzurida harbiy harakatlarni to‘xtatish haqidagi kelishuvni imzolagan edi.
Mavzuga oid
21:36 / 25.12.2025
Qozog‘iston AZAL samolyoti halokati tergovining dastlabki tafsilotlarini oshkor qildi
14:00 / 24.12.2025
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev kelgusidagi tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdi
14:51 / 19.12.2025
Ozarboyjonda Vardanyanga umrbod qamoq jazosi berish talab qilindi
23:13 / 05.12.2025