Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda qog‘oz ko‘rinishdagi kadastr pasporti o‘rniga plastik shakldagi kadastr pasporti joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 dekabrdagi 987-son qarori bilan “Ko‘chmas mulk obekti kadastr pasportining yangi namunasini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori imzolandi. Bu haqda Davergeodezkadastr qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra:
- Davergeodezkadastr qo‘mitasining plastik shaklda tayyorlanadigan ko‘chmas mulk obekti kadastr pasportining yangi namunasini 2020 yil 1 martdan boshlab Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida;
- 2020-2022 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda bosqichma-bosqich joriy etish belgilandi.
Mazkur qaror qabul qilinishi amaldagi 7-12 sahifadan iborat kadastr yig‘majildi o‘rniga yangi namunadagi kadastr pasportini joriy etishda aholi uchun mukammal (QR-kod matrik shtrixli kod) va qulay yagona hujjat vositasi sifatida hamda ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtiradi.
Bunda an'anaviy qog‘oz ko‘rinishdagi ko‘chmas mulk obektlar xuquqini tasdiqlovchi kadastr pasportini o‘rniga yangi zamonaviy va qo‘shimcha imkoniyatlar ochib beruvchi (ID plastik yagona identifikatsion) kartasi joriy etiladi.
2020 yil 1 martdan boshlab Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan ko‘chmas mulk obektiga bo‘lgan mylk huquqi yoki boshqa ashyoviy xyquqlap vujudga kelgan, boshqa shaxsga o‘tgan, bekor bo‘lgan yoki ko‘chmas mulk obektining huquqiy holati o‘zgarganligini tasdiqlash yuzasidan murojaat qilinganda, ariza beruvchiga davlat xizmatlari markazlari orqali yangi namunadagi kadastr pasporti beriladi.
Mavzuga oid
21:00 / 09.12.2024
200 dollarlik fotosurat, “ish bitirgan” kurka bolalari va qo‘shmachining “tanka”si – noodatiy poralar
12:07 / 30.11.2024
Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali sobiq boshlig‘i 12 yilga qamaldi
17:35 / 11.11.2024
Namanganda to‘yona ko‘rinishida pora olgan kadastr bo‘limi boshlig‘i 5 yilga qamaldi
22:21 / 01.11.2024