Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari elchi qilib jo‘natiladi
Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev O‘zbekistonning Xitoydagi yangi elchisi bo‘ladi.
Foto: Kun.uz
Telegram’dagi «Nigoh» kanali manbalariga tayanib xabar berishicha, vazir o‘rinbosari Farhod Arziyev vakant bo‘lib turgan O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi lavozimiga tayinlanadi. Xitoy tashqi ishlar vazirligi uning nomzodiga rozilik bergan.
U yanvar oyida Xitoy poytaxti Pekinga jo‘nab ketishi kutilmoqda.
«Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga kim tayinlanishi haqida hozircha xabar berilmadi», deyiladi xabarda.
O‘zbekistonning Xitoydagi sobiq elchisi Baxtiyor Saidov 17 noyabr kuni Xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlangan edi.
Farhod Arziyev O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasida maslahatchi sifatida ishlagan, 2017 yilning mayidan O‘zbekistonning Hindistondagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘lgan, 2020 yil fevralida Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Mavzuga oid
21:38 / 12.03.2026
Tashqi ishlar vazirligida Ko‘rfaz arab davlatlari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
18:22 / 08.03.2026
Baxtiyor Saidov Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
10:23 / 04.03.2026
O‘zbekiston va Eron TIV rahbarlari telefon orqali vaziyatni muhokama qildi
19:34 / 01.03.2026