Elchi Xalq ta'limi vazirligining yangi rahbari bo‘ladi
Baxtiyor Odilovich Saidov xalq ta'limi vaziri lavozimiga tayinlanishi kutilmoqda.

Foto: Qonunchilik palatasi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 17 noyabrdagi yalpi yig‘ilishida hukumatning ikki a'zosi nomzodi ko‘rib chiqildi.
«Ma'lumki, amaldagi qonun hujjatlariga binoan, Vazirlar Mahkamasi a'zolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
2021 yil 17 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda deputatlar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga Sherzod Shermatov nomzodini hamda Xalq ta'limi vaziri lavozimiga Baxtiyor Saidov nomzodini ko‘rib chiqdilar va ma'qulladilar», deyiladi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabarida.
Baxtiyor Saidov 1981 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, 2002 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
U 2016 yil yanvaridan «O‘zbekengilsanoat» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari — bosh menejyeri bo‘lgan.
2017 yil iyulida O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi diplomatik missiyasi rahbari etib tayinlangan. U 2018 yil aprelidan Mo‘g‘uliston, 2019 yil iyulidan Filippindagi (qarorgohi Pekinda joylashgan) elchi vazifasini ham bajarib kelayotgandi.
Bundan avvalroq Xalq ta'limi vazirligiga 2018 yil iyunidan buyon rahbarlik qilib kelgan Sherzod Shermatov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga o‘tkazilayotgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

23:31 / 15.04.2025
Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini doimo himoya qilib kelgan - TIV vakili

19:04 / 15.04.2025
Tashqi ishlar vaziriga xorijdagi o‘zbekistonliklarning himoyasi borasida parlament so‘rovi yuborildi

09:01 / 10.04.2025
Baxtiyor Saidov AQShda davlat kotibi va prezident maslahatchisi bilan uchrashdi

12:14 / 28.03.2025