Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi maktabda ko‘mirxona bo‘lmagan holda eski qozonxona binosi tadbirkorga bepul berib yuborilgani ma'lum qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumanidagi «Bog‘ibaland» MFYda joylashgan 54-umumta'lim maktabining ko‘mirxonasi mas'ullar tomonidan sotib yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi. Kitob tumani hokimligi axborot xizmati xabar yuzasidan munosabat bildirdi.
Munosabatda ma'lum qilinishicha, «Bog‘ibaland» MFYda joylashgan 54-maktab 1987 yilda 784 o‘ringa mo‘ljallab qurilgan. Hozirgi kunda bu yerda 948 nafar o‘quvchi ta'lim-tarbiya olmoqda. Maktabning umumiy yer maydoni 2,91 gektarni, qurilish maydoni 25 sotixni tashkil etadi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘mirxona deyilgan joy aslida maktabning qariyb 180 metr kvadrat o‘lchamdagi sobiq qozonxonasi bo‘lgan. Bu bino 2018 yil 25 aprelda tuman hokimining tegishli qarori bilan 20 sotix yer maydoni bilan birgalikda nol xarid qiymatidagi obekt sifatida tadbirkorga ajratib berilgan. (!)
«Haqiqatda hozirgi kunda 54-maktabda ko‘mirxona binosi yetishmaydi. Shu sababdan uni qurish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda», deyiladi munosabatda.
Avvalroq Shahrisabz tumani Ko‘l qishlog‘ida joylashgan 64-maktabning sport maydonchasi o‘rnida bog‘cha qurilishi rejalashtirilayotgani, pedagoglar esa bunga rozi emasligi haqida xabar berilgandi. Mazkur ta'lim muassasasining o‘qituvchilari yer maktabning o‘zi uchun ham kerakligini aytgan.
Shuningdek, 2020 yilda Yakkabog‘dagi Qo‘tonboy qishlog‘ida joylashgan 51-maktab oldida, yo‘l yoqasidagi joy auksionda noto‘g‘ri sotib yuborilgani tanqid ostiga olingandi.
Mavzuga oid
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026
“Boshim og‘riganda choy qilib ichib turardim” – Qashqadaryoda IIB xodimi uyidan marixuana topildi
09:48 / 02.05.2026