Yer uchastkalari o‘zboshimchalik bilan egallab olingani haqida xabar berganlar pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi
Prezidentning “Yerdan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat'iy rioya etilishini ta'minlash hamda bu sohada davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Yerdan foydalanish hamda shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat'iy rioya etilishini ta'minlashda vakolatli davlat organlari va tashkilotlari mas'uliyatini yanada oshirish maqsad qilingan.
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish, ularda noqonuniy obektlar qurish hamda tegishli hujjatlarda belgilanganidan ortiqcha yerdan foydalanish to‘g‘risida yangi aniqlangan holatlar haqida xabar bergan shaxslar huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
Belgilanishicha:
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga o‘z hududida qurilishi boshlangan har qanday bino va inshootlar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida, ushbu qurilish qonuniyligi to‘g‘risida ma'lumot berishni so‘rab mahalliy davlat hokimiyati, qurilish va kadastr organlariga so‘rov yuborish huquqi beriladi;
davlat hokimiyati, qurilish va kadastr organlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mazkur so‘rovlarini 5 ish kunida ko‘rib chiqadi hamda o‘z hududida qurilishi boshlangan bino va inshootlarga ruxsat beruvchi hujjatlar mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma'lumot taqdim etadi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ushbu ma'lumotlarni o‘z binosida hammaga ko‘rinarli joyda joylashtiradi, fuqarolar so‘roviga ko‘ra hujjatlarni ularga taqdim etadi.
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
10:19 / 08.11.2024
“Tanish-bilish o‘tmaydi” – Kadastr agentligi direktori yerga egalik huquqini olishda firibgarlarga aldanmaslikka chaqirdi
20:28 / 01.11.2024
Fermer endi yerga ijara huquqini sotishi mumkin – savollarga javoblar
14:20 / 24.10.2024