Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hayvonot bog‘idagi sher sayyohlarga hamla qilishda "muvaffaqiyatsizlikka uchradi" (video)
Meksikadagi safari-bog‘da sayyohlar urg‘ochi sherning yonidan avtobusda o‘tib ketayotganlarida o‘zlariga uning e'tiborini qaratdilar. Sher o‘zi yashaydigan joy bilan yo‘lni ajratib turuvchi, chuqurligi bir necha metr keladigan o‘ra ustidan sayyohlar tomonga sakramoqchi bo‘lib, o‘raga tushib ketgan.
Ushbu holat aks etgan video internetda paydo bo‘ldi. Videodan ko‘rinishicha, Elza laqabli sher uning yonidan avtobusda o‘tib ketayotgan sayyohlarni ulardan ko‘zini uzmay kuzatib turadi. Qandaydir lahzada sher sayyohlar tomon sakrashga urinadi, biroq narigi betgacha yetolmay, o‘raga tushib ketadi.
Hayvonot bog‘i vakilining aytishicha, sayyohlarga bu holatda hech nima xavf solmagan. Sherlar 5 metrgacha sakray olishadi, o‘raning uzunligi esa 7 metr bo‘lgan, deb yozmoqda Daily Mail nashri.
Sher yugurib kelmasdan, joyidan sakragan. Biroq ba'zi biologlarning fikricha, sherlar 10 metrgacha ham sakray olishlari mumkin.
Qizig‘i, u yerda bo‘lgan ikkinchi erkak sher na sayyohlarga, na "dugonasi"ning o‘raga tushib ketganiga e'tibor bermay, bamaylixotir yotishda davom etavergan.
Elzani ko‘zdan kechirgan veterinarlar unga hech narsa qilmaganini qayd qilishgan. Ta'kidlanishicha, sher hayvonot bog‘i sharoitiga hali uncha ko‘nikmagan, chunki u sirkdan musodara qilingach, bu yerda yashayotganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan.
Mavzuga oid
18:51 / 13.02.2026
Texas osmonidagi mojaro: Meksika kartellarining dronimi yoki Pentagonning yangi quroli?
09:58 / 28.01.2026
Meksika chegarasida to‘qnashuv: odam kontrabandasida gumonlanuvchi yaralandi
23:09 / 23.01.2026
AQSh eng yirik giyohvandlik imperiyalaridan birini yaratgan sobiq sportchini qo‘lga oldi
23:36 / 22.01.2026