Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksika chegarasida to‘qnashuv: odam kontrabandasida gumonlanuvchi yaralandi
AQShning Arizona shtatida odam kontrabandasida gumon qilinayotgan erkak va AQSh chegara xizmati xodimlari o‘rtasidagi otishma Donald Tramp ma’muriyati immigratsiya qonunchiligiga rioya etilishini keskin kuchaytirgan paytda sodir bo‘ldi.
Foto: Mike Blake/REUTERS
Odam kontrabandasida gumon qilinayotgan, Arizona shtatida yashovchi 34 yoshli shaxs seshanba, 27 yanvar kuni AQSh chegara xizmati xodimlari bilan otishma paytida og‘ir yaralandi. Associated Press agentligi AQSh Federal tergov byurosi (FTB)ga tayanib xabar qilishicha, uni ushlashga urinish jarayonida erkak Arivaka qishlog‘i yaqinida — bu joy AQSh–Meksika chegarasidan 16 kilometr masofada joylashgan — chegara xizmati vertolyoti tomon o‘q uzgan.
Yaralangan shaxs shifoxonaga yetkazilgan. FTB “federal xodimga ehtimoliy hujum” bo‘yicha tergov boshladi. FTBning maxsus agenti Xeyt Janke gumonlanuvchining ismi Patrik Geri Shlegel ekanini ma’lum qildi. Uning jinoiy o‘tmishi bor. 2025 yilda Shlegelga nisbatan qochib ketish holati bo‘yicha (odam kontrabandasi ishi yuzasidan chiqarilgan hukmga bog‘liq) hibsga olish orderi berilgan.
Arizonadagi Pima okrugi sherifi Kris Nanos avvalroq uning idorasi prezident Donald Trampning keskin siyosati sharoitida federal immigratsiya qonunchiligi ijrosini ta’minlamasligi, cheklangan resurslarni esa mahalliy jinoyatchilikka qarshi kurashga yo‘naltirishini aytgan.
Arizonadagi otishma Minnesota shtatida federal immigratsiya va chegara idoralari harakatlariga jamoatchilik e’tibori kuchaygan bir paytda ro‘y berdi. 24 yanvar kuni federal agentlar Minneapolis ko‘chasida Veteranlar shifoxonasining jonlantirish (reanimatsiya) bo‘limida ishlagan 37 yoshli hamshira Aleks Prettini otib o‘ldirgan. AQSh hukumat organlari otishma o‘zini himoya qilish maqsadida bo‘lganini aytgan, ammo e’lon qilingan videolavhalar bu versiyaga nisbatan shubhalar uyg‘otmoqda.
Prettining o‘limi Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) agenti 37 yoshli Rene Gudni otib o‘ldirganidan keyin uch hafta ham o‘tmay sodir bo‘ldi. Tramp ma’muriyati Gudni “terrorist” deb atagan va uni otgan ICE xodimi, go‘yo u xodimni “mashina bilan urib ketish”ga uringani sababli, o‘zini himoya qilish tartibida harakat qilganini ta’kidlagan.
Mavzuga oid
21:56 / 27.01.2026
FIFA sobiq rahbari Blatter jahon chempionatini boykot qilishga chaqirdi
18:47 / 27.01.2026
AQSh rasman Parij iqlim kelishuvidan chiqdi
15:53 / 27.01.2026
AQShda qor bo‘roni 1 milliondan ortiq uyni elektrsiz qoldirdi
11:50 / 27.01.2026