Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaya Kallas Berlinga tashrifi chog‘ida nemis siyosatchilarini adashtirib yubordi
HMBxMedia / Uwe Koch / Scanpix / LETA; Mike Schmidt / IMAGO / Scanpix / LET
Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas Berlinda Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius va Bundestagning tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Armin Lashet bilan muzokaralar o‘tkazdi – va ijtimoiy tarmoqlar orqali qoldirgan hisobotida bu ikki siyosatchini adashtirib yubordi.
14 yanvar kuni Kallasning instagramdagi sahifasida «Federal mudofaa vaziri @boris-pistorius bilan uchrashuv yoqimli bo‘ldi» deb storis qoldirgan. Lekin bu fotosuratda u vazir Pistorius emas, balki Lashet bilan birga aks etgan.
Xatolikka yo‘l qo‘yilgan post tezda o‘chirib yuborildi, ammo u boshqa ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalishga ulgurgandi.
Keyinroq Kallasning instagramida ikki siyosatchi ham to‘g‘ri ko‘rsatilgan yangi post qo‘yildi.
Pistorius va Lashet o‘rtasida haqiqatan ham tashqi o‘xshashlik mavjud bo‘lib, bu muntazam ravishda chalkashliklarga olib keladi va memlarga sabab bo‘ladi, deb ta’kidlaydi Spiegel. Lashetning o‘zi uning Pistoriusga o‘xshashligi Mudofaa vazirligi xavfsizlik xizmati xodimlarini sarosimaga solganini aytgan. Siyosatchi Berlinda mudofaa vaziri bilan bir ko‘chada yashaydi va har kuni ertalab elektr samokatda Bundestagga boradi. Kunlardan birida politsiyachi vazirlikka qo‘ng‘iroq qilib, Pistoriusga qo‘riqchisiz, yolg‘iz o‘zi samokatda shahar aylanib yurishi to‘g‘ri emasligini aytib qo‘yishni iltimos qilgan.
Mavzuga oid
14:12 / 23.03.2026
Hind-Tinch okeanida yangi yaqinlashuv: Berlin Tokio bilan aloqani mustahkamlamoqda
09:29 / 23.03.2026
Pistorius: Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish mumkin emas
15:25 / 17.03.2026
YeI hozircha Ho‘rmuz bo‘g‘oziga kemalar yubormaydi
14:19 / 14.03.2026