AQŞ prezidenti Donald Trampning çaqiriqlariga qaramay, Yevropa Ittifoqi hozirça kemalar harakati xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan Aspides harbiy-dengiz missiyasini Hörmuz böğoziga kengaytiriş niyatida emas. Bu haqda YeIning taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas 16 mart, duşanba kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqi Taşqi işlar kengaşi yiğilişidan söng ma’lum qildi.

Kallasning sözlariga köra, Hörmuz böğozi orqali öğitlar, oziq-ovqat va energiya taşuvçilari yetkazib berişni qayta tiklaş «şoşilinç ustuvor vazifa» hisoblanadi va YeI davlatlari taşqi işlar vazirlari mintaqada kemalar harakati himoyasini kuçaytiriş variantlarini muhokama qilgan. Aspides operatsiyasi allaqaçon Qizil dengizda kemalar qatnovi erkinligini ta’minlaşda «asosiy rol» öynamoqda.

«Muhokamalarimiz çoğida uşbu operatsiyani kuçaytiriş böyiça aniq istak yangradi. Ammo hozirça Aspides operatsiyasi mandatini özgartirişga qiziqiş yöq. Har qalay, hozirça şunday», — dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari.

U YeI davlatlari mojaroga töğridan töğri jalb etilişdan qoçişga intilayotganini ta’kidladi.

«Heç kim bu uruşga faol ravişda tortilişni istamayapti va barça bu mojaro nimalarga olib kelişi mumkinligidan xavotirda», — dedi Kallas.

Uning ta’kidlaşiça, hozir Hörmuz böğozi diqqat markazida turgan bölsa-da, Qizil dengiz ham xalqaro savdo uçun öta muhim bölib qolmoqda.

«Husiyçilar aralaşuvi xavfi real, şuning uçun biz huşyorlikni saqlaşimiz kerak», — deya izoh berdi diplomat.

Bryusseldagi uçraşuv oldidan Kallas jurnalistlarga Aspides missiyasi Qizil dengizdan Hörmuz böğoziga yönaltirilişi va şu tariqa uşbu yönaliş orqali neft hamda gaz yetkazib berişni qayta tiklaşga yordam berişi mumkinligini aytgan edi.