AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Yevropa Ittifoqiga qarşi bölgan kuçlar qöllaydigan taktika yordamida Yevropani bölişni istamoqda. Bu haqda Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas 13 mart, juma kuni e’lon qilingan Financial Times (FT) gazetasiga bergan intervyusida aytdi. Kallas şunday dedi: “Menimça, hamma AQŞ Yevropani bölib yuboriş istagini juda aniq bayon qilganini tuşunişi muhim. Ularga Yevropa Ittifoqi yoqmaydi”.

Kaya Kallasning ta’kidlaşiça, Donald Tramp iqtisodiy tahdidlar va bojlardan foydalanmoqda, şuningdek Grenlandiyani anneksiya qiliş imkoniyatini ham körib çiqqan va Bryusselga bosim ötkaziş uçun Yevropaning mudofaa va xavfsizlik masalalarida Vaşingtonga qaramligidan foydalangan. Uning sözlariga köra, bundan taşqari, Tramp tarafdorlarining ultrakonservativ MAGA harakati Yevropadagi öta öng, populist va yevroskeptik partiyalarni ham qöllab-quvvatlaşni yoygan.

Tramp AQŞ prezidenti lavozimiga qayta kirişganidan beri Yevropa Ittifoqini bir neça bor keskin tanqid qildi. U YeI göyoki AQŞdan “foydalaniş” uçun tuzilganini va uzoq vaqt mobaynida şu orqali manfaat körib kelganini iddao qildi.

FT'ga bergan intervyusida Kaya Kallas Bryussel va Vaşington örtasidagi hozirgi munosabatlarni “juda murakkab” deb ta’rifladi. U şunday dedi: “Agar siz milliy xavfsizlik strategiyasi va milliy mudofaa strategiyasi (AQŞning — tahr.) bilan tanişsangiz, menimça, heç qanday xomxayolga berilmasligingiz kerak”.

Kallas bu bilan Oq uy tomonidan dekabr va yanvar oylarida e’lon qilingan hujjatlarni nazarda tutdi. Ularda Yevropada “qarşilikni rivojlantiriş” va Yevropa qit’asida AQŞ harbiy qöllab-quvvatlovini “qayta moslaştiriş” zarurligi haqida çaqiriqlar bor edi.

Bundan taşqari, u YeIga a’zo 27 davlat AQŞ bilan kelgusidagi munosabatlarni qanday quriş masalasida turli fikrda ekanini aytdi. Kaya Kallasning sözlariga köra, qisqa muddatli istiqbolda “Trampni mamnun qiliş ham, AQŞga qaramlikni kamaytiriş ham mumkin”, çunki Yevropa mamlakatlari hozirça Amerika harbiy mahsulotlarini sotib olişdan voz keça olmaydi.

FT ta’kidlaşiça, Yevropa Ittifoqining köplab davlatlari, ayniqsa Moskva ritorikasiga mafkuraviy jihatdan yaqin bölgan Vengriya va Slovakiya, Tramp bilan munosabatlardagi taranglikni kuçaytirişi yoki Amerika qöşinlarining qit’adan ehtimoliy çiqib ketişini tezlaştirişi mumkin bölgan har qanday taşabbusga juda keskin munosabat bildirmoqda. Yevropa Ittifoqi vakillarining aytişiça, bu keyingi qadamlar böyiça umumiy kelişuvga erişişni öta qiyinlaştirmoqda.