Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident va bosh vazir Olmazor tumaniga boradi
Bugun, 24 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi va bir necha obektlarga tashrif buyuradi.
Kun.uz manbasi xabariga ko‘ra, davlat rahbari poytaxtning Olmazor tumaniga borishi kutilmoqda. Prezidentga bosh vazir Abdulla Aripov hamrohlik qiladi.
Prezident tashrif davomida Talabalar shaharchasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishadi, Innovatsion rivojlanish vazirligi uchun qurilayotgan yangi binoni borib ko‘radi, tumanda amalga oshiriladigan ishlar loyihalari bilan tanishadi.
Kunning ikkinchi yarmida Olmazor tumani rahbarlari, mahallalar raislari, ziyolilar va mutasaddilar bilan uchrashuv o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
12:59
Olmazor tumanidagi sobiq “Mushki Anbar” kafesida yong‘in sodir bo‘ldi
10:18 / 13.02.2026
Olmazor tumaniga yangi hokim tayinlandi
18:23 / 12.02.2026
Xizmat uyida narkolaboratoriya tashkil qilgan profilaktika inspektori 12 yilga qamaldi
10:44 / 10.02.2026