Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun O‘zbekiston bo‘yicha quruq va juda issiq ob-havo saqlanib turadi
Foto: KUN.UZ
Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha quruq va juda issiq ob-havo saqlanib turadi. Ba'zi joylarda shamol changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 38-43 daraja issiq, janubda ba'zi joylarda 44-46 daraja issiq bo‘ladi.
Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 40-42 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 26-31 daraja issiq bo‘ladi.
Mavzuga oid
08:25 / 21.03.2026
O‘zbekistonda havo harorati 28 darajagacha ko‘tarilishi mumkin
14:24 / 16.03.2026
Navro‘zoldi ob-havo prognozi
01:56 / 16.03.2026
Olimlar infarkt va ob-havo orasida bog‘liqlik borligini aniqlashdi
16:10 / 11.03.2026