Olimlar ob-havo özgarişlari miokard infarkti rivojlaniş ehtimoliga ta’sir qilişi mumkin, degan xulosaga kelişdi. Ular ob-havo holati va yurak xurujlari soni örtasidagi boğliqlikni tahlil qildilar.  

Tadqiqotçilar guruhi Pekindagi kardiologiya markazlaridan birida 10 yil davomida qayd etilgan infarktga uçragan  11 527 nafar bemorning ma’lumotlarini örganib, ularni kunlik meteorologik körsatkiçlar bilan soliştirişdi. Tahlil natijasi körsatişiça, infarkt holatlari köproq qayd etilgan kunlarda past harorat, kun davomida haroratning keskin özgarişi va kuçsiz şamol kuzatilgan. Şuningdek, bunday kunlarda namlik va yoğingarçilik miqdori ham kamroq bölgan.

Olimlar maşinali öqitiş modeli yordamida infarkt xavfi oşişi bilan boğliq asosiy ob-havo omillarini aniqladilar. Kunlik harorat farqining keskin özgarişi eng muhim omil deb topildi — aynan mana şu infarkt holatlari soni oşişiga katta ta’sir körsatgan.

Tadqiqot mualliflari fikriça, bunday modellar kardiologiya xizmatlariga tuşadigan yuklama oşadigan davrlarni oldindan başorat qiliş va tibbiy resurslarni töğri taqsimlaşda yordam berişi mumkin. Ular kelgusida ob-havo ma’lumotlariga bemorlarning yoşi va boşqa xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni qöşib, prognoz aniqligini yanada oşirişni rejalaştirişgan.