Diyetolog va soğlom turmuş tarzi tarğibotçisi, bloger Raşid Usmonov öz tajribalari va kuzatişlaridan kelib çiqib, röza tutiş mobaynida soğliqqa nojöya ta'sir körsatuvçi ayrim xatolar, xususan, notöğri ovqatlaniş haqida gapirib berdi. U ayniqsa pandemiya davrida yaşayotganimiz uçun ahamiyat berişimiz lozim bölgan muhim jihatlarga ham töxtalib ötgan.

Ramazon oyiga tayyorgarlik

Parhezşunoslar organizmni har qanday oçlik va parhezga tayyorlagani kabi, aslida, Ramazongaça ham nafl röza tutib, parhez qilib, soğligimizni tiklab, tayyorgarlik körib oliş kerak.

Ramazon rözasini tutişdan ikki-uç kun avval oşqozonda kislotaviylikni oşiruvçi mahsulotlarni çeklaşimiz, ayniqsa, töyib ovqatlanişdan özimizni saqlaşimiz lozim. Ayrimlar «ertadan röza», deya bir-ikki kun haddan ziyod köp va kuçli ovqatlanib olişadi va bu jarayon rözaning ilk kunlarida ularning qiynalişiga sabab bölişi mumkin. Çunki içki a'zolar yana şunça ovqat yeyilişini kutadi, iştaha oçilib, şunga tayyor turadi.

Röza tutaman degan odam, avvalo, işonç bilan boşlaşi kerak. Oç yurişga çiday olişingizga işonsangizgina butun içki organlaringiz ertalabdan keçgaça yemaslik holatini tuşunib, şu şaroitga mos faoliyat yuritadi. Sizning işonçingiz butun içki a'zolarga şomgaça oç yurişga signaldir. Işonçning kuçliligi esa farz amalni Allohning roziligi uçun bajariş kerakligini anglab, niyatni töğri qilişga boğliq.

Saharlik

Ertalab uyğonganimiz hamono dastlab iliq suvga imkon bölsa bir çoy qoşiq asal aralaştirib içib olib, keyin saharlikka tayyorgarlik körilsa, 10–15 daqiqadan söng yegan taomimiz suv bilan aralaşmaydi va noqulayliklardan qutulamiz.

Saharlikda asosiy içimlik suv bölişi lozim.

Endi esa saharlik qiliş uçun uç xil eng foydali mahsulotlarni keltirib ötamiz.

  1. Saharlikda imkon qadar tez hazm bölmaydigan va yuqori kaloriyaga ega donli mahsulotlarni iste'mol qiliş lozim. Bular: suli bötqasi, şirguruç, mastava va şu kabilar.
  2. Sut mahsulotlaridan eng avvalo şirçoy, undan taşqari, tvorog, qatiq, smetana mahsulotlari bilan kun davomida çanqamasdan yurişimiz kuzatilgan.