Bugun, 1 may kuni Toşkent şahar, Yakkasaroy tumani, Qöşbegi köçasida joylaşgan Yakkasaroy kiçik sanoat zonasi hududidagi Sintepon işlab çiqariş sexida yonğin röy bergan.
Bu haqda soat 07:01 da FVBga xabar tuşgan. Şunga köra, yonğin -qutqaruv ekipajlari soat 07:04 da hodisa joyiga yetib borib, yonğin 07:45 da örab olingan va soat 08:09 da öçirilgan.
FVV ma’lumotiga köra, yonğin bartaraf etilgandan söng, joyni örganiş davomida ikki nafar fuqaroning jasadlari aniqlangan. Şuningdek, 5 nafar fuqaro tan jarohati bilan şifoxonaga yuborilgan.
Yonğin işlab çiqarişda texnologik jarayon buzilişi natijasida yuzaga kelgani taxmin qilinmoqda. Yonğinni bartaraf etişga 11 ta asosiy, 6 ta maxsus turdagi yonğin öçiriş texnikalari jalb etilgan. Yonğin natijasida sexning taxminan 700 kv.m maydonda tomi, şifti va mahsulotlari yonib zararlangan.
Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi suriştiruv işlari olib borilmoqda. Voqea joyiga FVV rahbariyati, Toşkent şahar FVB boşliği va tuman FVB rahbar xodimlari IIB, SSB, prokuratura mas’ul xodimlari çiqişgan.
Kun.uz muxbiri suhbatlaşgan hodisa guvohlariga köra, yonğin sodir bölişidan oldin sexda kuçli portlaş sodir bölgan. Bunda gaz ballon portlagan bölişi mumkin. Oqibatda sexning tom qismi qulab tuşgan.
Marhumlar bu paytda sexning yertölasida bölgan. Ulardan biri 2000 yilda Qaşqadaryoda, yana biri esa 1986 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Halok bölganlarning tanasi 80-90 foiz kuygan.
Ma’lumot uçun, bu – poytaxtda sönggi kunlarda sodir bölgan uçinçi yirik yonğin.
Xususan, 28 aprel kuni Mirobod tumani «Abdurauf Fitrat» MFY G.Aliyev köçasida joylaşgan quriliş mahsulotlari saqlanayotgan omborxonalarning birida yonğin sodir bölgan edi. 8 ta yonğin-qutqaruv ekipaji yonğin joyiga yetib borib, uni bartaraf qilgan.









