Rossiya iqlim isishi tufayli Arktikadagi orolini yo‘qotdi
Mesyatsev oroli butunlay erib ketdi. Endi uni xaritalardan o‘chirishga to‘g‘ri keladi.
Arktikaning Frans-Iosif Yeri arxipelagi yaqinidagi Mesyatsev oroli endi yo‘q, deb xabar berdi Rossiya geografiya jamiyati.
2015 yilda uning maydoni 53 gektarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yil avgustida 3 gektarga kamaygan, hozir esa butunlay erib ketdi.
Mesyatsev oroli Yeva-Liv oroli muzligidagi muz erishi natijasida 1995 yilgacha paydo bo‘lgan edi. Uning yo‘qolishi endi navigatsiya xaritalarini tuzatishni talab qiladi. Mesyatsev orolini kuzatayotgan ilmiy guruh bu hodisa iqlimning isishi tufayli sodir bo‘lganini ta’kidlamoqda.
Kelajakda Mesyatsev orolining yo‘qolganini yakuniy tasdiqlash va dengiz tubining topografiyasida mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni aniqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazilishi talab etiladi.
Mavzuga oid
09:50
Rossiya KXDRga harbiy yordam uchun 600 000 tonna guruch taklif qilmoqda
09:30
Rossiyadagi «vatanparvarlik aksiyalari» 91 mlrd rublga tushdi
01:01
Rossiya urushda qatnashayotgan KXDR harbiylariga har oy 2 ming dollardan to‘laydi
16:48 / 04.11.2024