Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Humo Avtosavdo»ning ishini prokuratura ham o‘rganadi
Foto: GM Uzbekistan
«Humo Avtosavdo» MChJ faoliyatida yo‘lga qo‘yilgan qonunbuzarlik holatlari aniqlangach, GM Uzbekistan u bilan dilerlik kelishuvini bekor qilgani haqida rasmiy ma'lumot tarqatdi. Kompaniya vakilining Kun.uz'ga xabar berishicha, endilikda mazkur ish bo‘yicha to‘plangan materiallar ekspertiza uchun prokuraturaga yuborilgan.
Korrupsiya va tizimdagi kamchiliklarga qarshi murosasiz kurash boshlagan GM Uzbekistan kompaniyasi oktabr oyi birinchi yarmida ko‘p o‘zgarishlarga qo‘l urdi. Avvaliga, Xorazm viloyati Pitnak shahrida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida lavozimiy o‘zgarishlar bo‘lib, ayrim mutasaddilar ishdan chetlatilgandi. Keyinroq, 37 dona avtomobil yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomani xaridorlar ishtirokisiz tuzilishiga yo‘l qo‘ygan «ToshkentAvtosavdo» MChJ rahbari ishdan olindi.
Kompaniya 15 oktabr kuni tarqatgan xabarga ko‘ra, tekshiruvlar paytida «Humo Avtosavdo» MChJ faoliyatida ham jiddiy kamchiliklar ko‘zga tashlandi. Shunga qaramay, jamiyat rahbari Vosil Sultonov kompaniya dilerlik kelishuvini bekor qilish bo‘yicha keltirilgan vajlarga qo‘shilmasligini aytib, Kun.uz muxbiri bilan suhbatlashdi.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, «Humo Avtosavdo» MChJ rahbari Vosil Sultonovning o‘g‘li Miraziz Mirvosiqiy aynan GM Uzbekistan kompaniyasida ishlab kelayotgandi, ammo so‘nggi kunlarda u ishda ko‘rinmaydi. Manbaning ta'kidlashicha, bu holat Mirazizning otasi Vosil Sultonov bilan yuz bergan holatga aloqador. Biroq, kompaniya rasmiylari bunday fikrdan yiroqda ekanini aytmoqda.
«Miraziz Mirvosiqiy ishdan bo‘shamagan, u ayni damda Prezident administratsiyasiga xizmat safariga yuborilgan. U kompaniyaning tajribali xodimi va aynan uni xizmat safariga yuborishni «O‘zavtosanoat» AJ tavsiya etgan», deyiladi axborotda.
Mavzuga oid
16:30 / 08.11.2019
«Har qanday imtiyoz muddatli bo‘lishi kerak» - Qo‘mita mutasaddisi GM’ga berilgan imtiyozlar haqida
19:00 / 24.09.2019
«O‘zavtosanoat» maqsadi 100 ming avtomobil eksport qilish – Shavkat Umurzoqov
17:36 / 24.09.2019
UzAuto yangi modellari GM bilan bir xil vaqtda ishlab chiqiladi – Shavkat Umurzoqov
09:20 / 03.07.2019